Įrašo turinys
@redfoxuz / #marketing / #maqola Bugun, marketing istaklar yoki talab bilan qanday ishlashi kerakligi haqida qisqacha. Marketing boʻlimi isteʼmolchini oʻrganib, kerakli vaqtda, kerakli kanallar orqali, kerakli soʻzlar yoki suratlar yordamida unga kerakli mahsulot haqida axborot beradi. Marketing - bu isteʼmolchilar istagini qondirish faoliyatidir (takrorlashdan charchamaymiz). Istaklar/talab turli xil boʻladi: Manfiy talab - isteʼmolchilar yoppasiga mahsulotni yoqtirmasligi, hatto undan uzoqlashish uchun maʼlum zararlarga rozi boʻlishi. Emlash, stomatolog koʻrigi, oʻt pufagini oldirish kabi muolajalarga odamlarda manfiy talab hosil boʻlgan. Ish beruvchining manfiy talabi esa qamalgan insonlarni ishga qabul qilish kabi amaliyotlarda koʻrinadi. Marketingning vazifasi - nima uchun bozor bu mahsulotlarni yoqtirmayotganligini tahlil qilib, xoh narxni pasaytirish, mahsulotni oʻzgartirish yoki axborotning boshqa yoʻllarini qoʻllash orqali holatni ijobiy tarafga oʻzgartirish imkonini izlash. Batafsil: http://redfox.uz/bugun-marketing-istaklar-yoki-talab-bilan-qanday-ishlashi-kerakligi-haqida-qisqacha/