TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #459

@redfoxuz

RedFox Branding

Peržiūros632Peržiūrų skaičius
Paskelbta07-182019-07-18 06:22
Turinys

Įrašo turinys

@redfoxuz / #marketing / #maqola Oyoq ostidagi g'alabalarni ko'ra bilish Koʻp korxonalarda avval strategiya(maqsad), keyin esa taktika(reja)ni belgilanadi. Bu unchalik toʻgʻri emas. Toʻgʻrirogʻi - avval taktika(yurish yoʻllari)ni aniqlab, bu yoʻl qayerga olib borishi(strategiya)ni belgilash kerak. Pastdan tepaga. Strategiyaning oʻzini asos qilib, undan boshqasini tan olmaslik esa inqirozga olib keladi, xuddi Kolumbni halok qilganidek(ishoning, juda koʻp kompaniyalar aynan shunda yoʻl tutadi, va bu ularning rivojlanishiga katta toʻsqinlik qiladi.) U Hindistonga eng qisqa yoʻlni topmoqchi edi (strategiya), buning uchun u Sharqqa emas, Gʻarbga suzdi (taktika). Natijada, Hindistonni topa olmagani uchun bir umr afsuslanib oʻtdi. Aslida esa, Hindistonga olib boruvchi qisqa yoʻldan koʻra kattaroq narsani oʻzi bilmay kashf qilgan edi. Agar taktika strategiyani belgilashiga yoʻl qoʻyganida, bu yutuqni koʻrardi. Batafsil: http://redfox.uz/oyoq-ostidagi-galabalarni-kora-bilish/