TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #460

@redfoxuz

RedFox Branding

Peržiūros771Peržiūrų skaičius
Paskelbta07-182019-07-18 13:49
Turinys

Įrašo turinys

@redfoxuz / #marketing / #maqola Bir akamiz maslahat soʻradilar - “SMMga kuchli eʼtibor berishim kerak, qaysi agentliklarni maslahat berasiz?“. Bu savolga javob boshqalarga ham foydali boʻlar deb, oʻz fikrim bilan boʻlishmoqchiman. Agar mablagʻ boʻlsa SMM va reklamani xalqaro agentliklarga topshirgan yaxshi. Mahalliy SMMchilar orasida rostakamiga zoʻrini uchratmaganmiz, toʻgʻrisi. Hamma meʼyorida yaxshi. Ha, koʻzga koʻringanlari ham bor, masalan Latmedia, yoki 8bit. Ammo shov-shuvli biron ish koʻrsatmaganlar. (Aytgancha, Latmedianing saytidagi video rolikni Farhod Kuchkarov eng yomon reklama roligi misolida koʻrsatib yuradi. Saytga qoʻyadigan rolik emas u. Taniganlar boʻlsa aytib qoʻyinglar, iltimos) Albatta ishlariga rivoj tilaymiz, biznikilar qancha rivojlansa xursand boʻlamiz. Fikri ojizimizcha, eng yaxshi yoʻl bu SMM uchun alohida xodim olish. MUST HAVE SKILLS: Marketing va reklamaga qiziqish, grafik redaktorlarda ozgina boʻlsa ham ilm va chiroyli yozishni qoyillatishi kerak, busiz boʻlmaydi. Marketing jamoa endi tuzilayotgan boʻlsa, bu xodim hammasini 0 dan boshlab tajriba orqali oʻrganadi va asta-sekin boshqa merketing-vazifalarga oʻtadi. Keyinchalik SMM jamoa tuzib olinadi. Boshida unga oʻquv kurslari kerak. Marketing sohasida qanday kurs boʻlsa hammasi kerak. Ingliz tilini bilsa internetda kurslar liq. Rus tilida ham. Batafsil: http://redfox.uz/bir-akamiz-maslahat-so-radilar-smmga-kuchli-etibor-berishim-kerak-qaysi-agentliklarni-maslahat-berasiz/