Įrašo turinys
@redfoxuz / #marketing / #maqola Kreativ reklama haqida oddiy qoidalar. Aytaylik, reklamani boshlashga qaror qildingiz. Bunday qarorga kelish qiyin, ammo bir amalladingiz. Ooo tabriklar 🎉🎉🎉 Endi siz millionlab reklama-xabarlarning dunyosiga kirib kelmoqdasiz. Primitiv boʻlsa ham aytib qoʻyaylik, reklama - eʼtiborni jalb qilish uchun beriladi. Bu ochiq-oydin narsa. Shundayku-ya ammo koʻchaga chiqsangiz, hamma reklama bannerlari bir xildek. Surat, yozuv, logotip, telefon raqami. Endi, ana shu bir xillikning ichidan ajralib chiqish usuli reklamada - kreativ deb ataladi. Quyidagi fotolarda mahalliy va jahon kreativ reklamasidan misollar ko'rsatiladi. Ular o'ta soddaligidan, huddi har kim ham o'ylab topa oladigandek tuyuladi. Aslida ham shunday. To'g'ri, tajribali agentliklarga murojaat qilish ma'lum darajada kafolatlarni ta'minlaydi, ammo hamma ham bunday harajatlarga tayyor emas. Batafsil: http://redfox.uz/kreativ-reklama-haqida-oddiy-qoidalar/