Įrašo turinys
@redfoxuz / #marketing / #maqola Nativ reklama haqida, case (misol) bilan. O’zbekistonda bu kabi misollar kam. Nativ (inglizcha. Native) reklama — bir platforma(sayt, ijtimoiy tarmoq, ilova vahokazo.)ga joylashtirilgan reklama, ammo xuddi oʻsha platformaning doimiy kontenti kabi koʻrinishga ega. Nativ reklama asosan internetga xos. Reklamaning bu uslubi paydo bo’lishiga o’sha eski sabablar turtki bo’lgan: reklama haddan ziyod koʻp, reklamaning “hidi” keladigan har qanday xabar chetlab oʻtiladi, ayniqsa internetda. Shuning uchun, odamlar oʻz istagi bilan “isteʼmol” qiladigan kontentning ichiga sezilmaydigan reklama joylashtirish oʻylab topilib, unga nativ (inglizcha. native - mahalliy) reklama nomi berilgan. Batafsil: http://redfox.uz/nativ-reklama-haqida-case-misol-bilan-ozbekistonda-bu-kabi-misollar-kam/