Įrašo turinys
"Raqamli Avlod IT Fest" 2023 musoboqasi 👨💻 DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo'yicha o'z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo'ladi! Onlayn saralash bosqichi 22-noyabrda boshlanadi, final esa 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo'lib o'tadi. 🤖Robototexnika musobaqasi - 29-noyabr kuni sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol, robo sumo va foydali ixtirolar bo'yicha qiziqarli Respublika musobaqalari kutmoqda. 💡 Hackathon - 30-noyabr Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarini o'z innovatsion eko loyihalari bilan kutib qolamiz. 🔵Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan –2-dekabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishasiz. Tadbir Yangi O'zbekiston Universiteti binosida bo'lib o'tadi. 📅Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega! 📍Musoboqa manzili: https://shorturl.at/pyJ04 Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun:online.raqamliavlod.uz 🤖Robototexnika: @roboshopuz