TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← roboshop
roboshop avatar

TGINSIGHT POST

Post #3046

@roboshopuz

roboshop

Peržiūros6,470Peržiūrų skaičius
Paskelbta03-202025-03-20 10:18
Turinys

Įrašo turinys

⚡️Eng yaxshi muhandislik g‘oyalari egalarini 9 ta elektromobil va super mukofotlar kutmoqda! Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, innovatsion g‘oya va loyihalaringiz orqali elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olishingiz mumkin! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qildi. Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 toifa ishtirokchilar — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi. 1-o‘rin sohiblariga 9 ta elektromobil; 2-o‘rin uchun Xorijiy davlatlarda malaka oshirish; 3-o‘rin uchun pul mukofoti beriladi. Tanlov aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi. Arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi. Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. ✊Barchaga omad tilayman! @alisher_sadullaev