TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MEHRLI MAKTAB` rasmiy sahifa
MEHRLI MAKTAB` rasmiy sahifa avatar

TGINSIGHT POST

Post #3501

@Mehrlimaktab

MEHRLI MAKTAB` rasmiy sahifa

Fijery403Isan'ny fijery
Navoaka30 Apr2026-04-30 12:00
Votoatiny

Votoatiny lahatsoratra

🔬Mehrli maktab”da tabiiy fanlar pedagoglari hamkorligida “Kichik ixtirochilar” mavzusida qiziqarli va mazmunli integratsiyalashgan amaliy mashg‘ulot darsi tashkil etildi. 🧬Dars davomida o‘quvchilar fizika, biologiya va kimyo fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni amaliy tajribalar orqali o‘rganishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining kichik loyihasi ustida ishlar ekan, ijodkorlik, mustaqil fikrlash va muammoni hal etish ko‘nikmalarini namoyon etdi. 🔬Mashg‘ulot jarayonida oddiy vositalar yordamida kichik ixtirolar yaratilib, ularning ishlash prinsiplari tushuntirildi. Bu esa o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni yangi g‘oyalar sari ilhomlantirdi. Instagram Facebook X