TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Назад кон каналите
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori avatar

TGINSIGHT CHAT

Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

@buxdurektori

Education

Бухоро давлат университети ректори Обиджон Хамидовнинг телеграм канали Facebook: /obidjon.khamidov.98 Вазирлик телеграм канали - @eduuz Университет телеграм канали - @buxdu_uz

Претплатници1,100Тековни претплатници
Следени објави1,001Број на индексирани објави
Неодамнешен опфат10,559Збир на неодамнешни прегледи
Неодамнешни објави

Неодамнешни објави

Страница 1 од 84 · 1,001 објави

Објавено 2 мај

Mingga yaqin g‘oliblarni qamrab olgan mega loyiha — “Milliy tanlov” natijalari eʼlon qilindi Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Milliy tanlov”ni o‘tkazish hamda unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va yoshlarni taqdirlash belgilangan edi. Taqdirlash marosimida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi. Soʻnggi natijalarga koʻra “Milliy tanlov”ning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha quyidagilar gʻolib boʻldi: “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti va Buxoro davlat universiteti gʻolib deb topildi. Gʻoliblar: – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 mln soʻm, – Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln soʻm, – Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Batafsil. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

62 views

Објавено 2 мај

👍👍👍👍👍👍👍 📘Buxoro davlat universiteti — “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yo‘nalishida peshqadamlar qatorida! Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan nufuzli tanlovda Buxoro davlat universiteti yuksak natijani qayd etdi. 🏆 Universitetimiz tanlovning eng muhim nominatsiyalaridan biri — “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni egallab, 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ushbu mukofotni Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidovga topshirdi. Ma’lumot o‘rnida, “Milliy tanlov” doirasida 2025-yil davomida sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, yoshlarning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, loyiha targ‘ibotida faol ishtirok etgan talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim muassasalari munosib e’tirof etildi. Mazkur yutuq Buxoro davlat universitetida raqamlashtirish jarayonlari izchil va samarali yo‘lga qo‘yilganini, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim tizimiga keng tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlar hamda talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalarga bo‘lgan yuqori qiziqishi va faolligining yana bir yorqin ifodasidir. BuxDU jamoasini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

1,830 views

Објавено 2 мај

📺Buxoro shahridagi Ko‘hna va boqiy Buxoro hududida joylashgan muhtasham amfiteatrda Buxoro davlat pedagogika instituti mezbonligida o’tkazilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “She’riyat shaydolari” she’riy ko‘rik-tanlovining yakuniy – viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

124 views

Објавено 29 апр.

📸📸📸#xalq_so'zi 📘 Buxoro ilm-fan maktabining jahonga ta'siri Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahimovning "Xalq so'zi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 84-sonida "Buxoro ilm-fan maktabining jahonga ta'siri" mavzusidagi maqolasi chop etildi. Batafsil Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

1,200 views

Објавено 29 апр.

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDU rektori “Aqlli tuman” situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sun’iy intellekt asosida faoliyat yuritayotgan situatsion markaz — “Aqlli tuman” loyihasi doirasida tashkil etilgan zamonaviy boshqaruv tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mazkur markazning real vaqt rejimida kommunal muammolar, xavfsizlik masalalari hamda shahar infratuzilmasini nazorat qilish bo‘yicha imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, markaz orqali tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar faoliyatini raqamli boshqarish, tahlil qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari bilan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida aholi punktlari va bozorlardagi vaziyatni kuzatish, xavfsizlikni sun’iy intellekt yordamida nazorat qilish, shuningdek, shahar boshqaruvida zamonaviy raqamli yondashuvlarni keng joriy etish borasidagi tajribalar alohida qiziqish uyg‘otdi. Ushbu tashrif ilg‘or raqamli boshqaruv tajribalarini o‘rganish, ularni ta’lim va boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida samaradorlikni oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

1,590 views

Објавено 28 апр.

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDU vakillari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda Poytaxtimizda “Muhandislik oyligi” doirasida yirik xalqaro festival o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli tadbir Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, uning doirasida 12 ta xalqaro va 27 ta respublika miqyosidagi musobaqa hamda tanlovlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur xalqaro maydonda Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov boshchiligidagi delegatsiya ham faol qatnashmoqda. Quvonarlisi, Buxoro davlat universitetining izlanuvchan va tashabbuskor talabalari ham festivalda o‘zlarining innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, “Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari o‘z loyihalari bilan ko‘rgazmada qatnashib, universitetning ilmiy-innovatsion salohiyatini munosib namoyon etmoqdalar. 30-aprelga qadar davom etadigan ushbu nufuzli festival yoshlarning innovatsion fikrlashi, texnik salohiyati va muhandislik yo‘nalishlaridagi bilimlarini ro‘yobga chiqarish, xalqaro tajriba almashish hamda yangi imkoniyatlar eshigini ochishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. BuxDU jamoasiga festival doirasidagi barcha bellashuvlarda ulkan muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilaymiz. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

1,570 views

Објавено 24 апр.

Бухоро давлат университети ректори сайёр қабул ўтказмоқда Учрашув давомида фуқаролар, талаба-ёшлар ва мурожаатчилар ўзларини қизиқтирган масалалар, таклиф ва муаммолар юзасидан бевосита ректорга мурожаат қилмоқда. 👉 Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/142698 👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/142698 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

293 views

Објавено 24 апр.

🎥✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 Buxoro davlat universiteti rektori sayyor qabul o‘tkazmoqda Ayni damda Buxoro davlat universitetining “Universal” sport majmuasida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi raisi, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur sayyor qabul aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilash hamda ochiq muloqot maydonini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Uchrashuv davomida fuqarolar, talaba-yoshlar va murojaatchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va muammolar yuzasidan bevosita murojaat qilmoqdalar. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilmoqda. Mazkur sayyor qabul O‘zLiDePning xalq bilan muloqotga ustuvor ahamiyat qaratayotganini, shu bilan birga Buxoro davlat universitetida aholi va yoshlar bilan ochiq, samimiy hamda amaliy muloqot muhiti izchil yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor namoyon etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

1,690 views

Објавено 22 апр.

БухДУ саҳнасида халқаро санъат тантанаси: Бухоро университети концерти Туркияда юксак руҳда ташкил этилди. Туркиянинг Анқара шаҳрида Hacettepe университети Анқара давлат консерваторияси саҳнасида Бухоро давлат университети санъаткорлари иштирокида “Бухоро университети концерти” юксак савияда бўлиб ўтди. Мазкур нуфузли концерт дастурида Бухоро давлат университетидан 9 нафар вакил — профессор-ўқитувчилар ҳамда иқтидорли талабалар иштирок этиб, миллий мусиқа ва саҳна санъатимизнинг нодир намуналарини халқаро аудитория эътиборига ҳавола этдилар. Концерт давомида “Нақши Бухоро”, “Топмадим”, “Галдир”, “Ушоқ Содирхон”, “Бухороча мавриги”, “Вуқор”, “Гулзорим”, “Тановор”, “Мустаҳзод”, “Хоразмча”, “Sarı Gelin” каби дилбар куй-қўшиқлар, шунингдек, опера ва чолғу ижролари янграб, томошабинларда катта таассурот қолдирди. Айниқса, БухДУ санъаткорларининг саҳнадаги маҳорати, миллий ижро анъаналарига садоқати ва юксак бадиий савияси концертга ўзгача руҳ бағишлади. Ушбу мусиқий кеча Бухоро давлат университетининг нафақат таълим ва илм-фан, балки санъат ва маданият йўналишидаги салоҳияти ҳам юксак эканини яна бир бор намоён этди. Бухоро давлат университети вакилларининг ушбу нуфузли халқаро саҳнадаги иштироки миллий санъатимизни дунёга тараннум этиш, маданий алоқаларни мустаҳкамлаш ва ёш истеъдодлар учун катта илҳом мактабига айланиши билан алоҳида аҳамиятлидир. Анқарада янграган Бухоро наволари — БухДУ санъатининг юксак парвози бўлди!

290 views

Објавено 22 апр.

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️🏐🏐🏐🏐 📘BuxDU futbolchi qizlari yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o‘tkazilayotgan oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasidagi “Vazir kubogi” sport musobaqasida Buxoro davlat universiteti qizlar futbol jamoasi ilk uchrashuvni ishonchli g‘alaba bilan yakunladi. 🏆 Musobaqaning birinchi bahsida Buxoro davlat universiteti jamoasi Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborlisi, jamoamiz a’zosi Sevinch Ubaydullayeva uchrashuv davomida 3 ta gol urib, g‘alabaning bosh qahramoniga aylandi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov ham jamoa bilan birga borib, sportchi qizlarimizni qo‘llab-quvvatladi. Bu esa jamoaga alohida ruh va ishonch bag‘ishladi. Mazkur yorqin natija BuxDU futbolchi qizlarining yuksak tayyorgarligi, jamoaviyligi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini yana bir bor namoyon etdi. Buxoro davlat universiteti jamoasi sportchi qizlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi va musobaqaning keyingi bosqichlarida ham ularga ulkan zafarlar tilaydi. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

215 views

Објавено 22 апр.

👥👥👥👥👥👥 📘 BuxDU va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi Buxoro davlat universiteti rektori boshchiligidagi viloyat oliy ta'lim muassasalari rahbarlarining Qarshi davlat universitetiga tashrifi doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashish, ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, sport maydonlari va infratuzilma obyektlari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, universitetlarda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tomonlar o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda yashil energiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

1,450 views

Објавено 21 апр.

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 Buxoro davlat universitetida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi Buxoro davlat universiteti rektori O.X. Xamidov raisligida kengaytirilgan rektor oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida universitetda ijro intizomi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyat, o‘quv va o‘quv-uslubiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi... 🇺🇿Batafsil 🇷🇺На русском 🇬🇧In English Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram🌐Facebook

245 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
ПретходнаСтраница 1 од 84Следна