Нийтлэлийн агуулга
🇺🇿🇩🇪Germaniyada o'qish yoki ishlashni istaysizmi? Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyadagi hamkor tashkilot tomonidan quyidagi talablarga mos keluvchi fuqarolar ishga taklif qilinadi: Talablar: − o'rta bo'g'in tibbiyot hamshirasi diplomiga ega; − nemis tilini kamida B1 darajada bilish; − kamida 1 yillik mehnat staji; − 18-45 yosh. Afzalliklari: 🔹ish haqi 2300-2700 yevro (brutto); 🔹haftada 5 ish kuni; 🔹yashash joyi topishga ko'mak; 🔹tibbiy sug‘urta; 🔹bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar. 👉Ro‘yxatdan o‘tish Tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Ausbildung: − tibbiyot va keksalarni parvarishlash sohasiga qiziqish; − 11 yillik ta'limni yakunlagan bo'lish; − nemis tilini B2 darajada bilish; − 3 yillik kasbiy ta'limni yakunlab, belgilangan klinikada ishlash majburiyatini olish; − yosh chegarasi 16-35 yosh. Afzalliklari: 🔹stipendiya 1100-1400 yevro (brutto); 🔹haftada 6 kun o'qish va amaliyot; 🔹yashash joyi topishga ko'mak; 🔹tibbiy sug‘urta; 🔹kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi. 👉Ro‘yxatdan o‘tish ☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami. @migration_TMMA