Нийтлэлийн агуулга
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga! Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish uchun7-11 avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi qo'shimcha ma'lum qilinadi. ❗️Ro'yxatdan o‘tish uchun zarur hujjat va maʼlumotlar: 1. One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishda xorijga chiqish pasporti maʼlumotlarini to‘g‘ri kiritish 👉ONE IDdan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma 2. Telefon raqami; 3. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim); 4. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim). 5. 28 AQSH dollari miqdoridagi to‘lovni berilgan invoys raqami asosida Click ilovasi orqali amalga oshirishi talab etiladi. Muhim xabar! Joriy yil 1-avgust kuni e'lon qilinganEPS-Topik testida ishtirok etuvchi 3608 nafar nomzodga qo'shimcha Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan 6-avgust kuni yana 832 nafar nomzod ro'yxati taqdim etilgan. 👉Nomzodlar ro'yxati ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.