Нийтлэлийн агуулга
🇰🇷Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish uchun8-12 avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tadi. 👉Nomzodlar ro'yxati 👉Ro'yxatdan o'tish ❗️Ro'yxatdan o‘tish uchun zarur hujjat va maʼlumotlar: 1. One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishda xorijga chiqish pasporti maʼlumotlarini to‘g‘ri kiritish 👉ONE IDdan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma 2. Telefon raqami; 3. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim); 4. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim). 5. 28 AQSH dollari miqdoridagi to‘lovni berilgan invoys raqami asosida Click ilovasi orqali amalga oshirishi talab etiladi. Eslatib o'tamiz, EPS-Topik testi 2024-yil 9-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.