TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Агуулга
Нийтлэлийн агуулга
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar uchun joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tgan edi. Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishlab chiqarish sohasi bo’yicha malaka imtihonidan jami 6774 nafar nomzod muvaffaqiyatli o'tgan. 👉Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga 13-avgustdan boshlab taqdim etish so‘raladi. 👉Anketani yuklab olish 👉Hududiy filiallar manzillari ☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.