TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Migration.uz | Хабарлар
Migration.uz | Хабарлар avatar

TGINSIGHT POST

Post #361

@migration_TMMA

Migration.uz | Хабарлар

Үзэлт205Нийтлэлийн үзэлтийн тоо
Нийтэлсэн8-р сарын 162024.08.16 13:09
Агуулга

Нийтлэлийн агуулга

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirmaydi 2024-yil 17-iyundan Polshada chet ellik haydovchilar uchun kuchga kirgan yangi qoidalarga ko'ra, avtomobil vositasi, shu jumladan, taksini boshqarish uchun Polsha namunasidagi guvohnoma talab etiladi. Ushbu guvohnoma munitsipal organlarining davlat xizmatlari markazida (Urząd) almashtiriladi. Ammo, baʼzi fuqarolar orasida “O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi" degan noto‘g‘ri fikr paydo bo‘lmoqda. Elchixona faqat O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligini polyak hokimiyatlari talabiga ko‘ra tasdiqlaydi. Tasdiqlovchi hujjat olish uchun quyidagilar talab etiladi: • elchixonaga ariza; • qonuniy yashayotganini tasdiqlovchi hujjat; • haydovchilik guvohnomasi; • pasport; • to‘lov kvitansiyasi (40$). 👉Konsul qabuliga kirish uchun ro'yxatdan o'tish: E-NAVBAT.MFA.UZ @migration_TMMA