Нийтлэлийн агуулга
🇩🇪 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi "ConsultingUz" tashkiloti bilan hamkorlikda Germaniyaning "EUROPA-PARK" tashkilotiga mehmonxona va gastronomiya sohalari uchun fuqarolarni Ausbildungga taklif etadi! Nomzodlar uchun talablar: 💢Maktab shahodatnomasi; 💢Nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat; 💢Yosh chegarasi 18-30 yosh. Afzalliklari: 🔹Stipendiya 950-1200yevro; 🔹Yashash joyi topishga ko'mak; 🔹Tibbiy sug‘urta; 🔹Kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi; 🔹Xalqaro aviachipta va aeroportdan transfer. 📍Tanlovlar o'tkazish hudud va sana: - Farg'ona shahri - 30-oktabr - Namangan shahri - 31-oktabr - Samarqand shahri - 1-2 noyabr 👉Ro'yxatdan o'tish(2024-yil 28-oktabrgacha) ☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.