Нийтлэлийн агуулга
🇬🇧 Buyuk Britaniyada 2025 yil uchun minimal ish haqi miqdori o'zgardi Buyuk Britaniya Hukumati 2025 yil 1-apreldan amal qiladigan yangi Milliy Minimal Maosh (NMW) stavkalarini tasdiqladi. Quyidagi asosiy o'zgarishlarni ko'rib chiqing: 🔹 National Living Wage (21 va undan katta yoshdagilar): soatiga £11.44 → £12.21 (+6.7%) 🔹 18-20 yoshdagi ishchilarning stavkasi: soatiga £8.60 → £10.00 (+16.3%) Eslatib o'tamiz, soatiga £12.21 bugungi kurs bo'yicha 15.41 $ ni tashkil etadi. Bu o'zgarishlar Buyuk Britaniyaning eng past maoshli ishchilarining daromadlari va hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan. Ayniqsa, yosh ishchilar uchun maoshlarni oshirishga e'tibor qaratilgan. 📊 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun O'zbekiston Xususiy Bandlik Agentliklari Uyushmasiga murojaat qiling! @migration_TMMA