Нийтлэлийн агуулга
1-iyunda, Bolalarni himoya qilish kuni, sizni Sehriyo maktabida BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ko‘magida o‘tkaziladigan PizzaPitch Kids dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz🎉 PizzaPitch Kids iqtidorli va jasur bolalar uchun o‘z loyihalarini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etish, muvaffaqiyatli tadbirkorlardan fikr-mulohazalar va qimmatli maslahatlar olishga sazovor bo‘lishadi. Shu kuni mehmonlarimiz uchun turli master-klasslar o'tkaziladi😇 Bizga qo'shiling va bu ajoyib kunni birga nishonlang!🤩 ➡️Ishtirok etish uchun havola orqali roʻyxatdan oʻting (ishtirok etish bepul): https://forms.gle/A1jLyjEDgz8kpsKX9