Нийтлэлийн агуулга
😍Aziz tadbirkor ayollarimiz, yangi bosqichga chiqish vaqti keldi. 👌Agar siz biznesingizni katta ambitsiyalar bilan qurayotgan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun. Loyihangizni tajribali tadbirkorlar va investorlar oldida taqdim eting, professional baho oling va biznesingizni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ling. 🎙Sizni nimalar kutmoqda? - Loyihangizni 5 daqiqada taqdim etish - Mutaxassislardan fikr-mulohaza olish - Sovg‘alar va loyihangizni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash - Bir fikrli insonlar va sohaga oid ekspertlar bilan aloqa o‘rnatish 🚀 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: 💻 Onlayn bosqich: 60 ta loyiha onlayn formatda ko‘rib chiqiladi. 6 nafar hakamlar hay’ati 20 tadan loyihani baholab, final bosqichiga eng kuchli ishtirokchilarni saralab oladi. Bu haqida batafsil ma’lumotni keyingi postda ulashamiz. 🏆 Oflayn final: Eng yaxshi jamoalar o‘z yechimlarini ekspertlar hay’ati oldida jonli tarzda taqdim etadilar. 🌍 Eng muhimi — 5 nafar g‘oliba Ispaniyaga safar doirasida Yevropa startap ekotizimiga chuqurroq kirib borish uchun noyob imkoniyatni qo‘lga kiritadi. 📌 Muhim: Safar uchun Shengen vizasini rasmiylashtirish g‘olibalar tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. ⏰Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 7-mart, soat 18:00 📆Tadbir sanasi: 14-mart, soat 15:00 📍Manzil: C-Space Yunusobod 🚀 Ariza yuborish:https://pizzapitch.uz/ PizzaPitch Women dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning “ Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. @pizzapitchuz