Нийтлэлийн агуулга
🔊🍕🍕🍕16-dekabr Toshkent shahridagi U-ENTER innovatsion tadbirkorlik markazida PizzaPitch Women bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir - jasur va iqtidorli tadbirkor ayollar uchun o'zini va o'z loyihalarini namoyon etish uchun yaratilgan imkoniyat. 👩🏻💼🎙️🎙️Tadbir pitch-sessiyalar formatida o'tkaziladi, unda ishtirokchilar o'z startaplarini ekspertlar va biznes farishtalarga taqdim etadilar. Bir kun ichida, turli texnologiya sohalaridan 50+ loyihalar taqdim etiladi. 🤩💵Eng yaxshi 5 ta loyiha 10 000 000 so'mdan* taqdirlanadi. G‘oliblar muvaffaqiyatli tadbirkorlar va investorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Barcha ishtirokchilar ekspert va tadbirkor ayollar oldida o'z loyihalarini takomillashtirish va fikr-mulohazalarini olish imkoniyatiga ega bo'ladi. 🤝 💥🏃🏻♀️Ushbu noyob tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔔Ariza topshirishning oxirgi muddati: 12-dekabr. * Traction Money 💰 mablag'lari faqat marketing va sotuvlarni ko'paytirish uchun ajratiladi.