#Aboutme
Уже в 2006 году, когда я ещё учился в школе, учителя промывали нам мозги о том, как плохо в Украине, утверждая, что "Цветная революция на Украине - это прямая агрессия Запада против России"(с)
А стабильный интернет у меня появился лишь в 2015 году
Я - статистическая погрешность. Большинство проживающих на территории роZZии - обработаны пропагандой. Большинство поддерживает войну и хочет её продолжения
🔼 Sber’dan ochiq AI modellari chiqdi
Sber GigaChat-3.1 Ultra va Lightning modellarini e’lon qildi.
🔴 Ultra (702B parametrlar)
— Katta MoE model
— DeepSeek va Qwen kabi top modellardan kuchliroq (math va reasoning’da)
— Katta serverlar uchun mos
🔴 Lightning (10B / 1.8B active)
— Juda kichik va tez
— Top darajadagi modellarga yaqin natija beradi
— Lokal ishlatish uchun ham qulay
⚙️ Asosiy jihatlar:
— Noldan o‘qitilgan (finetune emas)
— 14 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi
— FP8 orqali tez va samarali ishlaydi
— Kod va vaznlar open source, MIT litsenziya ostida Hugging Face’da joylangan
📌 Bu degani: dasturchilar endi o‘z AI loyihalarini erkin va arzonroq qurishi mumkin, Sber esa bu jarayonda ochiq va qulay infratuzilma bilan yordam beradi.
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram begona mijoz-ilovalardan foydalanuvchi akkauntlarni belgilashni boshladi — messenjer norasmiy ilovalarni ishlatadigan foydalanuvchilarni aniqlaydigan funksiyani joriy etdi.
Bunday mijozlar muloqot chog‘ida xavfsizlik darajasini pasaytirishi va ma’lumotlar sizib chiqishi xavfini oshirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish oladi.
Sizda aynan qaysi telegram messenjer ilovasi?
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram kanallarda, kanal adminlariga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda, Telegram tomonidan joylashtirilayotgan reklamalarning hammasiga ham ishonib qolmang!
✈️Telegram Ads — bu reklama joylashtirish platformasi. U: reklama qoidalarga zid emasmi — shuni tekshiradi, ochiqcha scam, 18+, zo‘ravonlik, ekstremizm bo‘lsa — bloklaydi, shu bilan ishi tugaydi.
❌Nimalarni tekshirmaydi?
Telegram Ads: reklama beruvchi halolmi yo‘qmi, va’dalari rost chiqadimi, keyin odamlarni aldab ketadimi yo‘qmi, bularni tekshirmaydi. Ya’ni reklama chiqdi — lekin javobgarlik Telegramda emas.
⚠️ Qanday reklamalardan ogoh bo‘lish kerak?
Agar reklamada: “100% daromad”, “tez boyib ketasiz”, “faqat bugun, shoshiling” kabi so'zlar bo'lsa, aniq manzili, hujjati, kompaniyasi yo‘q bo'lsa ehtiyot bo‘ling, bu katta risk.
✅ O‘zingizni qanday himoyalash mumkin?
🔵Hech qachon shoshilib pul o‘tkazmang
🔵Internetdan loyiha haqida izlab ko‘ring
🔵Kommentariya, sharh, tajriba qidiring
🔵Shaxsiy ma’lumot va kodlarni bermang
📱Bizning barcha loyihalar |#telegram
🎁Durov maxfiylikni saqlash maqsadida 300 million dollardan va Grok tizimini integratsiya qilishdan voz kechdi.
Mask bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi - Telegram foydalanuvchilar yozishmalariga begona neyron tarmog‘ini kiritishga rozi emas.
Bitim o‘rniga messenjer o‘zining sun’iy intellekt yechimlariga e’tibor qaratmoqda. Cocoon nomli markazlashmagan sun’iy intellekt so‘rovlari tarmog‘i ishlab chiqilmoqda. Unda hisob-kitoblar mustaqil ravishda amalga oshiriladi va xabarlar uchinchi shaxslarga oqib chiqmaydi.
📱Bizning barcha loyihalar |#telegram
📱 Telegram’ga neyron tarmoqlar kirib kelmoqda — yilning ilk yangilanishi darrov foydali funksiyalarni olib keldi.
— Postlarning qisqa sharhi: uzun matnlarni o‘qishga erinsangiz, yangi tugma matnning qisqacha mazmunini chiqarib beradi. Ichki tizimda ochiq modellarga asoslangan Cocoon ishlatilgan. Funksiya faqat Telegram Premium foydalanuvchilari uchun mavjud.
— iOS dizayni yangilandi: “suyuq shisha” effekti yanada shaffof bo‘lib, yorug‘likning yumshoq sinishi va interfeysda chiroyli yaltirashlar paydo bo‘ldi.
— Power Saving (quvvatni tejash) rejimi: vizual effektlar va interfeys samaradorligini yaxshilash uchun batareya tejash imkoniyati qo‘shilgan.
— Passkeys bilan xavfsiz kirish: maxfiy SMS kodlari o‘rniga PIN yoki biometrik ma’lumot (Face ID, barmoq izi) orqali tez va xavfsiz Telegram’ga kirish imkoniyati taqdim etildi.
✅Bizning barcha loyihalar | #telegram
✉️ Pavel Durov “Cocoon” — markazlashmagan sun’iy intellekt tarmog‘ini e’lon qildi
Blockchain Life 2025 konferensiyasining asosiy sahnasida Pavel Durov Cocoon loyihasini taqdim etdi — bu TON va Telegram ekotizimi asosida yaratilgan maxfiy hisoblash tarmog‘i (Confidential Compute Open Network) hisoblanadi.
Asosiy jihatlar:
• TON blokcheyni asosida yaratilgan va GPU orqali ishlaydi
• Maxfiy va xavfsiz AI hisob-kitoblariga yo‘naltirilgan
• Telegram loyiha rivojida faol rol o‘ynaydi
• Ommaviy ishga tushirish — 2025-yil noyabr oyiga rejalashtirilgan
Shuningdek, Durov so‘nggi bir yil ichida Telegram Mini Apps orqali uchinchi tomon ishlab chiquvchilari $1 milliarddan ortiq daromad topganini ma’lum qildi. Bu esa Telegram iqtisodiyotining ko‘lami va salohiyatini yana bir bor isbotlaydi.
✅Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram endi yuz orqali yoshni tekshirish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda.
Mashhur tester teleLakel Telegram’da yangi mini-ilova paydo bo‘lganini aniqladi. Bu ilova orqali foydalanuvchi o‘z yoshini hujjatlarsiz, faqat yuzni skanerlash yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin. Sun’iy intellekt suratni tahlil qilib, rostdan ham yoshingiz kattami yo‘qmi — shuni aniqlaydi.
Oddiy rasm orqali bu jarayondan o‘tib bo‘lmaydi — tirik inson kerak bo‘ladi. Masalan, Durovning fotosurati bilan urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi — tizim bu almashtirishni aniqladi.
Ehtimol, yaqin orada Telegram’da ayrim funksiyalar uchun yoshga doir cheklovlar joriy qilinadi: masalan, shaxsiy chatlar, 18+ kontent, botlar orqali xaridlar yoki reklama ko‘rsatishdagi cheklovlar.
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram