TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← <DevCon />
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT POST

Post #175

@Devcon

<DevCon />

Tontonan583Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan15 Jul15/07/2018, 08:01 PG
Kandungan

Kandungan siaran

Matmusani dasturchi bo'lgani haqida (do'stimga hazil) :) Dasturlashni o'rganolmay, Siqilardi Matmusa, C sharpdagi qatorlarga, Tikilardi Matmusa. Klas, obyekt, metodlar, Allambalo "morfizm", Ikki-uch oy o'tsa hamki Qilolmaydi hech hazm. Konsol proyekt ochamiz, Ridlayinu, Raytlayn, Jin ursin-ey, bunaqada Jinni bo'lish ham tayin! Inxeritens, statik voyd Interfeysi nimasi? For, if zenu, du vayl Svitch keysi nimasi? Yo'q, qaytish yo'q baribir O'rganaman shu tilni, Undan keyin kamiga VB.NET va MSIL ni. ... Shu zaylda vaqt o'tdi, Do'stimiz hech tolmadi, Troyelsin, Rixter, Shildt, Kitobi ham qolmadi. Vanihoyat o'sha kun, Va nihoyat o'sha on, Dedi kulib o'ziga: C sharpmi? Juda oson! Huddi shu payt TV da Habarda shunday dermish: Maykrasoft .NET, C sharpni Ortiq qo'llamas ermish. Bundan buyon yangi til - O', Q, G' lar chiqqanmish, Yangi tilga yangicha Funksiyalar tiqqanmish. Yangilikni eshitib Qotib qoldi Matmusa, Ko'rpa to'shak qib uch kun Yotib qoldi Matmusa. ... Hozir qanday deysizmi? U C sharpni tashlagan, To'rt oy bo'ldi O', Q, G' ni O'rganishni boshlagan...