TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← <DevCon />
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT POST

Post #205

@Devcon

<DevCon />

Tontonan3,550Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan24 Dis24/12/2019, 07:02 PG
Kandungan

Kandungan siaran

Kechikkan post (doimgidek 😬) Ikki kun avval "Yaqin soatlarda Qur'oni Karimning mobil ilovasi" shaklidagi post chiqargan edim. Avvalo uzr so'rayman kechikkanim uchun. Dasturga Qur'onning O'zbek tilidagi ikki xil tarjimasi va izohlarini kiritib chiqish men o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtga cho'zilib ketti. Aniqroq qilib aytganda 12 000dan ortiq oyatlarni qo'l bilan kiritishga mabjur bo'ldim. Sizlar uchun arzirli ish deb o'ylayman. Bundan tashqari aybimni yuvish uchun rejani ozgina o'zgartirgan holda Najmiddin Komilovning Tasavvuf kitobini va Islom tarixi haqidagi ko'p bo'lmasada kerakli ma'lumotlarni ham joyladim. Kelajakda sizlarga asqotsa bundan xursandman. Ayni damda ilovaning birinchi versiyasi ekanini hisobga olsak Ikki xil turdagi tarjima, ikki xil turdagi izohlar va tafsirlar joylangan. Bu esa sizga turlicha qarashlar bilan Qur'oni Karimni chuqurroq o'rganishga yordam bera oladi. Tasavvuf haqida: Tasavvuf bu Diniy-falsafa bo'lib Islomning asosiy qismlaridan biriga aylanib bo'lgan. Komil inson darajasiga erishmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi ta'limot. Batafsil ilovani o'zida tanishishingiz mumkin. Tarix bo'limiga kelsak bunda Islom dining kelib chiqish tarixi, siyosiy iqtisodiy holatlar, Payg'ambarlik tarixi va boshqa ko'plab siz uchun qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar kiritilgan. Ilova haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu manzilga kirishingiz mumkin: https://bit.ly/2EPcR2Q Ilovani to'g'ridan to'g'ri yuklash uchun: https://t.me/devcon/206 ------------------- Ma'lumot o'rnida ushbu ilova "DEVCON P/E" loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha foydalanuvchilar uchun turli xildagi elektron kitob, darslik, o'yinlar va boshqa ko'plab foydali dasturlarni bepul, hech qanday ortiqcha reklamalarsiz ishlab chiqariladi. Ayni shu sabab ham loyiha ravnaqi va kelajakda bundanda yaxshi ilovalarni ishlab chiqilishini xohlovchilar loyihani qo'llab quvvatlashlari mumkin. Dasturlar ishlab chiqillishi asosiy navbatda vaqt va mehnat talab qiladi, bundan tashqari ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturlar, resurslar ham ma'lum miqdordagi mablag' evaziga olinadi. Shunday ekan siz qo'llab quvvatlash uchun o'tkazgan istalgan miqdordagi mablag' loyihadagi ushbu sarf-xarajatlarni qoplashga yo'naltiriladi. Qanday qo'llab quvvatlash mumkin? Pul mablag'i yordamida: Yuqorida aytib o'tilgandek siz o'tkazgan mablag' summasi loyihadagi xarajatlar uchun foydalaniladi; Bilim, fikr va takliflar yordamida: Sizda dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo'yicha qandaydir fikrlar va takliflar bormi? Unda bizga murojaat qiling. Sizning taklifingiz inobatga olinib albatta ko'rib chiqiladi; Resurslar, yordamida: Dasturlarni ishlab chiqarish uchun mablag' va takliflardan tashqari resurlar ham talab etiladi. Misol siz biror bir kitob yoki lug'atni qulay elektron shaklda ishlab chiqarilishini istaysizmi? Unda o'zingizda mavjud ushbu kitobni biz bilan ulashing, biz esa siz va boshqalar uchun foydali va qulay shaklda qayta ishlab chiqaramiz; Qo'llab quvvatlashni xohlovchilar uchun: Pul mablag'i uchun hisob raqamlarimiz: 1. UzCard yordamida o'tkazma qiluvchilar uchun: 8600 0504 2694 0450 2. Qiwi yordamida o'tkazma qiluvchilar uchun: +998911805015 Sizda boshqa turdagi qo'llab quvvatlash, fikr va takliflar berish istagi bo'lsa ushbu sahifa orqali bog'lanishingiz mumkin: http://devcon.uz/#contact Batafsil ma'lumot: http://devcon.uz/donate ------------------- Postni boshqalarga ham ulashishni unutmang 😉