TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← <DevCon />
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT POST

Post #224

@Devcon

<DevCon />

Tontonan378Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan31 Dis31/12/2019, 03:18 PG
Kandungan

Kandungan siaran

Roppa rosa bir yil avval yangi yil kelishini umuman istamagan edim. Chunki unda onam o'lishi oldindan belgilangan edi. Men 2019-yilda eng qimmatli narsam yo'qotdim va shu ondan kamida 10 yilga ulg'aydim deb hisoblayman. Balkim bu yil men uchun katta yutqazish va yutuqlar yili bo'lgandir lekin chindan bu yil kelishini xohlamaganman. Tezroq ketishini ham istayman. Ko'plab do'stlar ortirdim, ko'plari bilan shunchaki orani ochiq qildim. Kuldim yig'ladim kezi kelsa boriga ko'nikishga o'rgandim. Men uchun bu yil ham iqtisodiy ham psixologik jihatdan ancha og'ir kechdi. Na iloj ne bo'lsaki odam bolasi har narsaga ko'nika olarkan. Bilasizmi orzularning ham joni bor ekan va ular ham o'lishi, ularni ham qabrga ko'mish mumkin ekan. Bir tomondan quvonarlisi esa yangi orzular tug'ila olishida. O'zingizni hech qachon egoistman deb atay ko'rmang. Egoizm bu yo'q tushuncha, shunchaki atrofdan vaqtinchalik chalg'ishni ego deb ataymiz. Inson psixologiyasida bu tushuncha bo'lishi uchun esa avvalo uning ko'ngli xotirjam bo'lishi kerak. Yaqinlariz yonizda bo'lmasligi mumkin lekin ularning tirikligi ham sizga xotirjamlik bera oladi. Demak egoizm bo'lishi uchun sizsa hamma narsa bo'lishi kerak ekan, uning yaroqlik muddati esa inson bolasi yolg'iz qolgunga qadar. Kimsalardan uzoqda bo'lish va umuman ularning yo' qligi orasida katta farq bor. Birida ular mavjud, sen ularni qayta ko'ra olishinga ishonasan yana birida esa ular mavjud emas lekin ko'rishni juda istaysan. Ammo bu ilojsiz. Aslida eng azoblisi shu hisoblanadi. Doimiy sog'inch bu jon azobidan ham og'ir. Yangi yil uchun yangicha rejalar, orzular qilish albatta yaxshi lekin unutmang hayot juda iplos narsa u sizni bir zumda umuman boshqa muhit va boshqa insonga aylantira oladi. Yangi orzular qilayotgan vaqtingizda eskilarini ko'mishingiz mumkinligi haqida ham bir on o'ylab ko'ring. Bugun kimlardir bayram kutish o'rniga o'z xizmat vazifasini mardlarcha bajarmoqdalar, yana kimlardir o'z yaqinlariga kasalxonada yuziga g'amli tabassum bilan qarab bo'lsada umid bag'ishlashga harakat qilmoqdalar. Men qorbobodan qaydandir yangi yilda moshina olish yoki boyib ketish kabi shablonoviy tilaklarni eshitavermasdan ayni shu insonlar qalbiga ham bir nazar solishini so'ragan bo'lardim. Shundagini seni mo'jizakor ekaningga odamlar ishonsa arziydi. Yana "oliviya"mi deb noshukurlik qilmang. Bu salatni yozni o'rtasida ham bozordan sotib olish mumkin. Lekin bozordagisiga uyimiz farishtalaring bu kungidek mehr va eng a'lo tilaklarini qo'shilmagan. Yoki kun kelib ayshi shu salatdagi mehrni sog'inib qolishingiz mumkin. Shunday ekan borida qadriga yeting. Bu siz uchun maxsus so'nggi salat bo'lishi ham mumkin. Yangi yilni ko'chadagi fohishalar bilan o'tkazmang. Balkim bu bayram kofirlarnikidir lekin oila a'zolari birlashadigan kun hisoblanadi. O'z oilangizni esa 300$lik fohishalarga almashmang. Insonning eng qimmatli boyligi shu hisoblanadi. Hattoki sog'liqdan ham ustuni. Bu kunni ko'chada ham pitarda otib daydigan holda o'tkazish shart emas. Bu kun ularga va sizga emas oilangizga tegishli kun. Uni besamar o'tkazishga esa haqqingiz yo'q. Albatta men sizga bu kunni qanday o'tkazishni o'rgatmoqchi emasman. Uni qanday o'tkazish o'zingizni hukmizgizda. Men esa bir donishmanddan eshitganimni sizga yetkazmoqdaman xolos. Xohlang uni gaplariga amal qiling xohlang amal qilmang. Ammo unutmang u bekorga donishmand emas. Eng muhimi esa sizga yangi yilda faqat baxtli onlar kelishiga tilakdoshman. Barcha yaxshi niyatlaringizga bundan keyingi yillarda ham erishib yuring. 2019-yil ham millionlab yillar kabi tarixga aylanadi. Undan xulosa chiqarishni o'zimiz hal qilamiz albatta. Faqat buni unutmasak bas. Barchangizga bayram muborak azizlar. ———— Quyidagisi esa real bo'lmasada salyutlar chaqirig'idan bahramand bo'ling: http://2020.devcon.uz @devcon