Kandungan siaran
Yaqinda Rustam Ashurov dan elektron detallarni chuqurroq o'rganish uchun ularning fizik xossalari, kimyoviy tarkibi va ularning ishlab chiqish jarayonlari haqida so'ragandim. Qo'shimcha sifatida birad hozircha O'zbekistonda mikrosxemalarni noldan teradigan (mantiqiy amallar asosida) mutaxassislar yo'qligini aytagandilar. Balkim bordir xz. Asosiysi bor bo'lganda ham shundaylar yetishmayotgani aniq. Raqamli texnologiya asri deganimiz bilan ko'plab qurilmalar hozirgacha mukammal emas. Kompyuterda ong bor lekin hali hanuz u o'zidan oddiy issiqlik ishlab chiqishni davom etmoqda. Tabiiy qurilmadagi issiqlik ma'lum miqdorda energiya sarfi hisoblanadi. Bularning tagiga yetish uchun esa avvalo mavjud narsalarni o'rgana olishimiz lozim. Postni asosiy mazmuniga o'tadigan bo'lsam sizlarga ajoyib bir kanalni ulashmoqchiman. Kompyuterdan foydalanishdan ko'ra uni noldan yasab ko'rishga qiziquvchilar uchun yaxshi youtube kanal. Ikkilik sanoq tizimlarida mantiqiy amallardan boshlab toki impulslargacha chiroyli tushuntirib bergan. Hattoki tranzistorli variatlar ham chetda qolmagan. Albatta sabr toqat bilan kuzatib, o'rganishingizga bog'liq asosiysi. Men boshlanishiga arduinoda inson tiliga yaqin dasturlar tillari bilan boshlamoqchiman (githubda yetarlicha librarylar ham bor ekan). Qolganiga sekin asta tarixga yuzlansa bugungi kunda o'rganish uchun eski kompyuterlarni ham yasab ko'rish muammo emaskan. Chunki har qanday darslik va radiodetalni topish muammo emas. Dasturlash tillariga doir narsalar ham uje karroziyaga uchrashni boshlagan)) Qo'shimcha ma'lumot sifatida ko'pchilikga ustoz darajasiga chiqqan Алишер Жалолов tomonlaridan bir vaqtlar yozilgan kompilyator qanday ishlashi haqida ajoyib maqolani ham ulashib ketaman. Bu esa prinsipni o'rganishga yanada ko'proq yordam beradi. http://telegra.ph/Bu-qanday-ishlaydi-Kompilyator-1-qism-07-26 https://www.youtube.com/user/eaterbc https://youtu.be/AwUirxi9eBg P.S: 3 hafta zerikib yotamanmi deguvchilarga elektronika va dasturlash juda ajoyib hobby bo'la oladi. Bekorga aytishmagan "Dunyoda ikki soha vakillari o'zlariga huzr bag'ishlaydigan ishga haq olishadi. Birinchi toifa olimlar, ikkinchi toifa fohishalardir". @devcon