Kandungan siaran
Robotexnika o'rgatamiz deydiganlarni va joylarni ko'pini kuzatdim. Ahvol juda ayanchli. Biz hali Robototexnika ostonasi uyoqda tursin u haqida yetarlicha tasavvurga ham ega emaskanmiz. Kurslar o'quvchilarga ijodiy qobiliyat emas chiroqcha yoqishni o'rgatadigandek hammasi. Ko'ngil uchun elementar radiotexnikadan ham xabardor emas. Sxemotexnika haqida tushunchaga ega emas. Radio detallarniku tasavvur ham qilisholmaydi. Bilganlari interdan ko'rgan maqolasini bolalar ongiga singdirish. Shuyam yo'lni o'rtasidan. Bir ikkitasiga qiziqib transistorli kalit yasab bering yoki eng oddiy sxema tuzilishi qanday va qaysi detallardan tashkil topganini so'rasam shuniyam bilishmadi? Asosiy yo'lni tanlab olsak, bolaga (umuman kelajakga) robototexnikani o'rgatishmi yoki soqqa qilish?! Ushbu sohada eng ildam bo'lgan yaponiyaga razm solsak. Ularda kerak bo'lsa uyda boqiladigan it-mushuklarning ham robot versiyalari bor va bizdagi ba'zi birlardan aqlli) Ular nima uchun ushbu sohada kuchli? Sabab oddiy fundamental bilim to'g'ri qo'yilgan. Fundament bizda ham qo'yiladi lekin hech birimiz buni eslab qolishni xohlamaymiz. Istalgan bitta elektron uskunani ochib ko'ring. 8-sinf fizikasida o'tilgan barcha mavzularni amaliyotda joriy qilinganini ko'rasiz. Kulon qonunidan boshlab yarim o'tkazgichlar mavzusihacha. Atrofimiz aslida murakkab emas, shunchaki biz uni anglashni xohlamaymiz xolos. Robototexnika eng zo'r kelajaklardan biri hisoblanadi. Ushbu soha chet-elda kirib kelganiga 100 yildan oshdi. Olmonlarning BMW, Mercedes kabi avtomobillarini deyarli 70-80% qismini robotlar tayyorlaydi. Uyingizdagi televizorni robotlar yig'ib beradi. Koinotni ham insoniyat robotlar sabab o'rganmoqda. Bizni mamlakat esa hali u haqida tuzukroq tasavvurga ham ega emas. O'quv markazlar bolaga birinchi darsdanoq arduinoni tutqazib miyyasini zaharlashi shart emas. Kerak bo'lsa fizikidan elementar mavzulardan boshlashi kerak. Bolaradio detallar bilan tanishsin. Sxema chizish, o'qish va harayondagi hisob kitolablarni o'rgansin avval. To'g'ridan to'g'ri dastur bilan raqamlashgan formatni unga tiqishtirmay avval analogli sxematikalarni o'rgatish kerak. Oddiygina transistor, kondensator va qarshilikdan itartirib multivibrator yasatib keyingina hozirgi kunda manabunday microchiplar mavjud. Ularga ikki qator kod bilan lampochkani o'chib yonishini belgilay olasan deb o'rgatish kerak. Bill gates ham birgina radiotexniksiz bir-tiyinli dasturchi hisoblanadi. Radiotexnik bo'lmasa dastrlash ham mavjud bo'la olmasdi. Robototexnika esa bu ikki sohani birlashgan varianti hisoblanadi. Appleni dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan Stiv Vozniak ham radiotexnik edi xolos. Bular shu soha sabab eng katta insdustrayini boshlay olishdi. Appleni o'zi Amerikani juda katya hajmdagi iqtisodini hal qiladi. Yana ularda bunday kompaniyalar son sanoqsiz. Katta ketish emas istagan robototexnika kursiga borib OM qonuni haqida so'rang, yarim o'tkazgichlar dieleksiyasini surishtiring nafasi ichiga tushib qoladi. Bular aslida ular dars beraman degan narsani asosi xolos. Bolalarga avvalo nazariya, detallar, sxmalar bilan ishlash, analogli qurilmalarni o'rgatish, keyingina dasturlash bosqichidan o'tkazib robotexnikaga yo'l berish lozim. Logic gates (mantiqiy amallarni)ni bola to'laqonli bilishi lozik. Shunagina yuklatilgan vazifani bajara oladi ular. Shundagina biz zamonga mos kelajak yaratib boshqa mamlakatlarkaga yaqinlasha olamiz. P.S: Videoda eng oddiy misol sifatida bir vaqtlar o'zim reledan yasagan elektron hisoblash mashinamni keltirdim. Faqatgina kondensator va elektron reledan tashkil topgan bu matah. Zato sanashni biladi. Oscillator (tebratgich) ham releni o'zida qilingan. Bu narsa bugungi kundagi raqamli texnologiyaning boshi xolos. O'quvchilarga ham shundan boshab o'rgatish kerak aslida. P.S: har bir lampochka 0 va 1 raqamlarini ifoda etadi. 000 = 0 001 = 1 010 = 2 011= 3 100 =4 101 = 5 110=6 111=7 @devcon