Kandungan siaran
Borisovning "Библия радиотехников" nomini olgan ushbu kitob elektronikani o'rganishni istagan har qanday odamga eng yaxshi alifbo bo'la oladi. Kitobning 8ta versiyasi 1951-1991 yillar orasida ommaga keng tarqatilgan. Eski nomlari Massovaya Radiobiblioteka. Ushbu kitob oddiy zaryadlanish qonunidan boshlab mantiqiy mikrosxemalar bilan ishlash darajasigacha olib chiqish imkoniga ega. Minglab turli sxemalar o'rganish uchun berilgan. Ovoz kuchaytirgichdan boshlab raioaloqa tizimigacha yasashga loyihalar qo'shilgan. Albatta kitobda sovet radiodetallari berilgan. Lekin ba'rini bugungi kundagi analogini topish mumkin. Npn transistorlarga 2n222 eng yaxshi tavsiyam. Pnp uchun S8550. Narxi 500 so'mdan edi adashmasam (yoki men doim mingtalab olganimga shunday to'g'ri kelar) КА155ЛАЗ (laqabi lazik) mikrosxema o'rniga sn7400 ishlatsangiz bo'ladi. Kondensator, resistor, potensiometer va induktivliklar muammo emas. Kavsharlagich, mutimeter, atvyorka, bakarez va boshlang'ich detallar sizga 200-300 ming so'm atrofida tushishi mumkin. Robototexnikaga shoshilmang faqat. Arduinoga qarab yugurib ketishdan avval kitob bilan tanishing. Kitibni ushbu post ostida qoldiraman. @devcon