TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← <DevCon />
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT POST

Post #249

@Devcon

<DevCon />

Tontonan272Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan28 Dis28/12/2020, 01:37 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Elektr toki bilan tanishish bizga nega kerak? Elektrning foydali xususiyatlarini bilish kundalik turmushimizni yengillashtiruvchi buyumlar ixtiro qilinishiga sabab bo’lgan. Masalan siz dazmoldan deyarli har kuni foydalanasiz. AJoyib kunlarning birida ayrim qarshiligi yuqori bo’lgan o’tkazgichlardan elektr toki o’tganda ulardagi elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanishini sezib qolishadi. O’tkazgichlarning bu xususiyati dazmolning kashf qilinishiga sabab bo’ladi. Juda oddiy kashfiyotdek tuyulsada insoniyat uchun keng yo’llarni ochib bergandi aslida. Elektr choynak, solo, telefon, televizor, notebook, tesla car va boshqa shunga o’xshash uskunalar aynan elektrning xususiyatlari kashf qilinishi natijasida paydo bo’lgan. Elektr uskunalarining xususiyatlarini, energiya sarfi, quvvati, foydali ish koeffisenti, undan xavfsiz foydalanish usullarini bilishingiz bugungi kunda juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa siz kelejakdagi yo’lingizni robototexnika doirasida tasavvur qilayotgan bo’lsangiz. Elektr tokining sirli xususiyatlarini anglash har qanday kelajak odami uchun o’zgacha ixtirolar qilish imkonini yaratib beradi. Dasturlash bugungi kunda bizning bozorga ham keng qamrovda kelib bo’ldi. Lekin microelektronika hali ham so’roq ustida turipti. Dasturchi dastur kodini yozishi, hisobchi chiqimlarni elektron hisoblashi, betamiz tiktoker o’zini videosini cloudga yuklashi kabi ishlarning barchasiga radiotexnik kerak. Shunday eken ushbu soha hech qachon o’lmaydi. Bundan keyin mukammalashishi mumkinki insoniyat undan voz kecha olmaydi. @devcon