TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← <DevCon />
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT POST

Post #33

@Devcon

<DevCon />

Tontonan78Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan28 Jun28/06/2018, 02:28 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Kompyuterning qisqacha tarixi Eramizdan 3000 yil avval — Qadimiy Vavilonda birinchi hisoblagich — abak kashf etildi. Eramizdan 500 yil avval — Xitoyda abakning yanada «zamonaviy» varianti, cho‘plarda danaklar bilan — suanpan paydo bo‘ldi. Eramizdan 87 yil avval — Yunonistonda «antikiter mexanizmi» — ixtisoslashtirilgan astronomik hisoblagichdan iborat bo‘lgan tishli uzatish asosidagi mexanik qurilma yaratildi. 1492-yil — Leonardo da Vinchi o‘zining kundaliklaridan birida o‘nta tishli halqalar bilan 13-razryadli yig‘indi qurilmasi eskizini keltiradi. Ushbu chizmalar asosida ishlovchi qurilma faqatgina XX asrda yaratilgan bo‘lsa ham Leonardo da Vinchi loyihasi haqiqatda amalga oshirilishi mumkinligi tasdiqlandi. XVI asr — Rossiyada hisoblagichlar paydo bo‘ldi, unda simga taqilgan 10 ta yog‘och sharchalari bo‘lgan. 1623-yil — Tyubingen universiteti professori Vilgelm Shikkard tishli g‘ildiraklar asosida olti qatorli o‘nlik sonlarni qo‘shish va ayirish uchun, qurilmani («hisoblovchi soat») ishlab chiqadi. Kashfiyotchi hayotida qurilmani amalga oshirganligi aniq ma’lum emas, lekin 1960-yilda u qayta tiklanadi va o‘zini ancha yaxshi ishlashini ko‘rsatdi. 1630-yil — Richard Delameyn doirali logarifmik lineykani yaratadi. 1642-yil — Blez Paskal «Paskalinu»ni — birinchi haqiqiy amalga oshirilgan va mexanik raqamli hisoblash qurilmasi kabi mashhur bo‘lgan qurilmasini taqdim etadi. Qurilmaning namunasi besh darajali o‘nlik raqamlarni qo‘shadi va ayiradi. Paskal mana shunday hisoblagichlarning o‘ndan ortig‘ini yaratadi, shu bilan birga, oxirgi modellari sakkiz o‘nlik darajali sonlarni hisoblaydi. 1673-yil — mashhur nemis faylasufi va matematigi Gotfrid Vilgelm Leybnits qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajaruvchi mexanik kalkulyatorini yaratdi. Keyinchalik Leybnits ikkilik hisoblash tizimini ta’rifladi va agar ikkilik sonlar ma’lum guruhini bir-biri ostiga yozilsa, vertikal ustunlarda nollar va birlar doimiy takrorlanishini aniqladi. Bu kashfiyot matematikaning umuman yangi qonunlari mavjudligi fikriga olib keldi. Leybnits ikkilik kod mexanika tizimi uchun qulay mos degan fikrga keldi, u aralash faol va passiv oddiy sikllar asosida ishlashi mumkin. U ikkilik kodini mexanikada qo‘llashga urinadi va hatto uning yangi matematikasi asosida ishlovchi hisoblash mashinasi chizmasini yaratadi, lekin ko‘p o‘tmay, uning davri texnologik imkoniyatlari shunday mashinani yaratishga imkon bermasligini tushundi. Taxminan shu paytning o‘zida Isaak Nyuton matematik tahlil asoslarini yarata boshlaydi. 1723-yil — nemis matematigi va astronomi Xristian Lyudvig Gersten Leybnits ishi asosida arifmetik mashinani yaratdi. Mashina bo‘linmani va sonlarni ko‘paytirishda qo‘shish ketma-ket operatsiyalari sonini hisoblaydi. Bundan tashqari, unda ma’lumotlarni kiritish to‘g‘riligini nazorat qilish imkoniyati ko‘zda tutilgan. 1786-yil — nemis harbiy muhandisi Iogann Myuller vatandoshi Filipp Xaxn tomonidan o‘ylab topilgan pog‘onali valiklar asosidagi Leybnits mexanik kalkulyatorini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borish davomida ayirma metodi bilan hisoblanadigan logarifmlarni tabulyatsiya qilish uchun ixtisoslashtirilgan kalkulyator g‘oyasini ilgari suradi. 1801-yil — Jozef Mari Jakkar dasturli boshqarish bilan to‘quv stanogini quradi, uning ishlash dasturi perfokartalar komplekti yordamida beriladi. 1820-yil — arifmometrlarning birinchi sanoat ishlab chiqarilishi boshlandi. Birinchilik fransuz Tom de Kalmarga tegishli. 1822-yil — ingliz matematigi Charlz Bebbidj birinchi ayirma mashinasini (matematik jadvallarni avtomatik qurish uchun ixtisoslashtirilgan arifmometr) kashf etdi, lekin qura olmadi. 1840-yil — Tomas Fauler (ingl. Great Torrington) hisoblash uchlik simmetrik tizimi bilan yog‘och uchlik hisoblash mashinasini qurdi. 1855-yil — Stokgolmlik aka-uka Georg va Edvard Shutts (ingl. George & Edvard Scheutz) Charlz Bebbidj ishlari asosida birinchi ayirma mashinasini qurdilar.