Kandungan siaran
1876-yil — rus matematigi P. L. Cheboshev tomonidan o‘nliklarni uzluksiz berish bilan yig‘indi chiqaruvchi apparat yaratildi. 1881-yilda uning o‘zi apparatga ko‘paytirish va bo‘lish uchun qo‘shimcha (Cheboshev arifmometri)ni yaratdi. 1884–1887 yillar — Xollerit elektr quvvatida ishlovchi tabulyatsiya tizimni yaratadi, undan 1890 va 1900-yillarda AQSH’da va 1897-yilda Rossiya imperiyasi aholisini hisoblashda foydalanildi. 1927-yil — Massachuset texnologik institutida (MIT) Venivar Bush tomonidan mexanik analog kompyuteri yaratiladi. 1938-yil — muhandis Konrad Suze 1935-yilda Berlin politexnika institutini tamomlagandan so‘ng ko‘p o‘tmay, Z1 deb atalgan o‘zining birinchi mashinasini quradi (uning hammuallifi sifatida Gelmut Shreyer (Helmut Schreyer) ham tilga olinadi). Bu to‘la mexanik dasturlashtiriladigan raqamli mashina. Model sinov namunasi bo‘lgan va amaliy ishda foydalanilmagan. Uning qayta tiklangan versiyasi Berlindagi Germaniya texnika muzeyida saqlanadi. 1941-yil — Konrad Suze zamonaviy kompyuter barcha xususiyatlariga ega birinchi Z3 hisoblash mashinasini yaratadi. 1942-yil — Ayova shtati Universitetida Jon Atanasov va uning aspiranti Klifford Berri (ingl. Clifford Berry) AQSH’da birinchi AVS elektron raqamli kompyuterini yaratadilar (aniqrog‘i — ishlab chiqadilar va yig‘a boshladilar). Ushbu mashina oxirigacha yetkazilmagan bo‘lsa ham (Atanasov harakatdagi harbiy xizmatga ketdi), tarixchilar yozishlaricha u ikki yil keyin ENIAK EHM’ni yaratgan Jon Mokliga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1943-yil boshi — Amerika XDF murakkab ballistik hisoblashlarini bajarishga mo‘ljallangan Mark I dastlabki amerika hisoblash mashinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. 1943-yil oxiri — Colossus maxsus mo‘ljallangan britaniya hisoblash mashinasi ishlay boshladi. Mashina maxfiy kodlarni tahlil qilish ustida ishladi. 1944-yil — Konrad Suze yanada tezroq ishlovchi Z4 kompyuterni hamda birinchi yuqori darajadagi Plankalkyul dasturlash tilini yaratadi. 1946-yil — birinchi ENIAK universal elektron hisoblash mashinasi yaratildi. 1957-yil — amerikaning NCR firmasi birinchi tranzistorlarda ishlaydigan kompyuterni yaratdi. 1958-yil — N. P. Brusentsov hamfikrlari guruhi bilan hisoblash pozitsion simmetrik uchlik tizimi bilan «Setun» birinchi uchlik EHM’ni yaratdi.