Kandungan siaran
va hokazo... Siz qachonki brauzer adres qatoriga mail.ru yozganizda bu so'rov DNS serveriga borib, u yerdan mail.ru ga mos turgan ip adresli serverga yo'naladi. Hohlasangiz mail.ru yozmasdan yuqorida keltirilgan joydagi mail.ru ni to'g'risidagi ip adresni brauzer adres qatoriga yozing, sizga mail.ru saytini ochib beradi. Ma`lumki brauzer HTTP so'rovini yuboradi, shu sabab bu so'rovni web server o'ziga qabul qiladi. bu huddi ko'p eshikli binoni biror eshigi bo'yicha kirishga o'xshaydi. Masalan, siz HTTP yo'lagi bo'yicha borsangiz sizni web server kutib oladi. Buni ilmiy tilda "web server 8080- portni(eshikni) tinglab turadi" deyiladi, bu eshikga esa HTTP yo'lagi bo'yicha boriladi deb tushunish ham mumkin :) . Demak web server sizni so'rovingizni qabul qiladi va sizga javob beradi. Web serverda nimalar turadi, u sizga qanday qilib javob beradi va shunga o'xshash boshqa narsalarni keyingi maqolalarimda yozib borishlikga harakat qilaman, bu maqolamni esa mandan web sayt yasash uchun nimalar qilish kerak? - deb so'raganliklari uchun yozishni boshlagandim...Endi internetdagi kompyuterlarni fizik bog'lanishiga keladigan bo'lsak, siz uyingizdagi kompyuterga internet ulash uchun avval modem o'rnatasiz, so'ng biror provayderni kartochkasini registratsiya qilib, so'ng ulanasiz. Demak, sizga internetni provayder ta`minlab berdi. Provayderga ulanish yo'llari har xil bo'lishi mumkin, masalan telefon liniasi orqali, usb modem orqali, yoki EVO, SOHO kabilarga besprovodnoy set - radiosignal orqali ulanish mumkin. provayder ham o'z navbatida internetni o'zidan katta biror provayderdan oladi, u katta provayder ham, o'zidan katta boshqa provayderdan oladi, eng yirik provayderlarni esa yirik magistral kanali bog'lab turadi. har bir provayder ma`lum darajada chegaralangan IP adreslar to'plamiga ega bo'ladi va o'ziga ulangan mijozlarga shu IP adreslarni taqsimlab beraveradi...