TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kandungan
Kandungan siaran
#hikmat Bir ovchining miltig'ini mili nosoz bo'lib, noto'g'ri mo'ljalga oladigan bo'lib qolibdi. U miltig'ini ustaga olib boribdi. Usta miltiqni ko'ribdida, miliga bolg'a bilan bir urib, ovchiga beribdi. Ovchi o'q uzib ko'rsa miltiq juda to'g'ri nishonga olayotganmish. Ustadan hizmat haqi qancha deb so'rabdi. Usta 3 tillo tanga deb javob qilibdi. Qanaqasiga? Buncha qimmat? ahir faqatgina bolg'a bilan bir martagina urdingiz xolosku? debdi ovchi. Usta shunday debdi: to'g'ri, bir urib to'g'irladim, lekin sizga oddiy ko'ringan shu ishni to'g'ri va aniq bajarishga yillar davomida tajriba va mehnat bilan erishganman.. P.S: Xulosa chiqarish sizdan