Kandungan siaran
🇫🇷Utilisation du verbe "être" / 🇺🇿"être" fe'lining qo'llanilishi "être" (bo'lmoq) fe'li ham "avoir" fe'li kabi yordamchi fe'l hisoblanadi (ayniqsa o'tgan zamonlarni hosil qilishda). Fransuz tilida juda katta ahamiyatga ega bo'lsa-da, o'zbek tiliga tarjima qilinmaydi. Quyidagi misollarda buni ko'rish mumkin. 1.Sifat bilan birga kelganda: être+adjectif 🇫🇷Il est espagnol. Nos collègues sont très intelligents. La balle est jaune. 🇺🇿U ispan. Bizning hamkasblarimiz juda ziyoli. Koptok sariq rangda. 2. Ot bilan birga kelganda: être+nom 🇫🇷Mon père est professeur. Sa soeur est étudiante. 🇺🇿Mening otam o'qituvchi. Uning opasi talaba. 3. C'est / ce sont: Bu / bular 🇫🇷C'est un livre. / Ce sont des livres. 🇺🇿Bu kitob. / Bular kitoblar. 🇫🇷C'est une actrice. / Ce sont des actrices. 🇺🇿Bu aktrisa. / Bular aktrisalar. 4. C'est + adverbe 🇫🇷C'est beaucoup/ C'est tard/ C'est bien. 🇺🇿Bu ko'p/ Bu kech/ Bu yaxshi. 5. Tug'ilib o'sgan, yashaydigan joyini ko'rsatish uchun: 🇫🇷-D'où êtes-vous?/ 🇺🇿Qayerliksiz? - Je suis de Paris./ Men Parijlikman. - Il est d'Ouzbékistan./ U O'zbekistonlik. 6. Vaqtni aytishda: 🇫🇷- Quelle heure est-il? / 🇺🇿Soat necha bo'ldi? 🇫🇷- Il est 10 heures. / 🇺🇿Soat 10 bo'ldi. 👉@FransUzbek👈