TGINSIGHT CHAT
Eco+🌳(UZB)
@ecoplus_sirdaryo
EducationShiorimiz:Tabiatga bo'lgan e'tibor- kelajakka qo'yilgan mustahkam poydevor! Ona-tabiatni asrashni☘️ekologik loyihalar, ta'lim loyihalari,#ekochellenjlar va ijtimoiy faoliyatni qo'llab- quvvatlashni istaysizmi?Unda bizga qo'shiling 🤝
Siaran terkini
Halaman 1 daripada 16 · 182 siaran
Diterbitkan 15 Sep
Hurmatli ustozimiz, rahbarimiz, mehribon opamiz Zarina Azamovna! Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! 🌹 🍀Ekologiya sohasidagi fidoyiligingiz, yoshlarga ko‘rsatgan beqiyos mehringizva oqilona rahbarligingiz barchamiz uchun katta ibratdir. Sizning mehnatkashligingiz, oqilona maslahatlaringiz va doimo ezgulikka yo‘naltirgan amallaringiz bizni yangi marralarni zabt etishga ruhlantiradi. Hayotingiz doimo quvonch va baxtga to‘lsin, sog‘ligingiz mustahkam, ishlaringiz esa barakali bo‘lsin. Yana-da ko‘plab yutuqlarga erishib, shogirdlaringiz qalbida iz qoldirib yurishingizni tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz!🎊✨
Diterbitkan 3 Sep
🌍 “Yashil Kelajak” Eco-Camp’ga qo‘shil! Joriy yilning 10-14-sentyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan To‘dako‘l hududida “Yashil Kelajak” Eco-Camp oromgohi tashkil etiladi. Mazkur oromgohda yoshlarning ekologik muammolarga oid takliflari, startaplar hamda ijtimoiy loyihalarini ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyat yaratiladi. Kimlar ishtirok eta oladi? Ekologik yo‘nalishdagi g‘oya yoki kreativ qarashlarga ega bo‘lgan barcha toifadagi yoshlar 3 kishidan oshmagan jamoa shaklida qatnashishi mumkin. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va g‘oyangizni yuborish uchun quyidagi havola orqali kerakli bo‘limlarni to‘ldiring: Arizalar 5-sentabrga qadar qabul qilinadi. 🚀Sizning g‘oyalaringiz — Yashil kelajakning kaliti! Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Diterbitkan 21 Jul
🌍Toza atrof-muhit – sog‘lom kelajak! 🟦🟦🟦JIZZAXDA KATTA PLOGGING AKSIYASI! Do‘stlar! Ertaga, 22-iyul kuni, Jizzax viloyatida ekologiyani asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida yirik plogging aksiyasi bo‘lib o‘tadi! 🍃 ⏰️Boshlanish vaqti: 07:30 📍Manzil: (Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi)yig'ilish joyi ⚡Nima kutyapsiz? Bu nafaqat yugurish, balki tabiatni tozalash, birgalikda foydali vaqt o‘tkazish va jamiyatga foyda keltirish imkoniyati! ✅Eko-harakatga qo‘shil ✅Do‘stlaringni ham taklif et ✅Tabiat uchun bir qadam tashla Ro'yxatdan o'tish va ishtirok etish uchun @sitoraboboyeva ga yozing! 📸Eng faol ishtirokchilar uchun esdalik sovg‘alari va suratlar! 📢#JizzaxPlogging#EcoPlus#YoshlarEkoharakatda#bizbirgamiz#yoshekologlarharakati
Diterbitkan 19 Jun
#EcoExpo2025#EcoExpoUzbekistan ✅Iqlim xatarlari sharoitida migrantlar oilalaridagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ishga tushirildi "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida “Migrantlar oilalaridagi ayollar salohiyatini kengaytirish va barqarorlikni oshirish: O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga gender nuqtayi nazaridan moslashuv” mavzusida parallel tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida tashkil etildi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/62503 ✅Запущен проект по поддержке женщин из семей мигрантов в условиях климатических рисков На полях Международной экологической выставки Eco Expo Central Asia 2025 состоялось параллельное мероприятие на тему «Расширение прав и возможностей женщин из семей мигрантов, повышение устойчивости: адаптация к изменению климата с учетом гендерных аспектов в Узбекистане», организованное Международной организацией по миграции (МОМ) при поддержке Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан. https://gov.uz/ru/eco/news/view/62503 ✅A project to support women from migrant families in the face of climate risks has been launched A side event on the theme “Empowering Women from Migrant Families, Building Resilience: Gender-Responsive Climate Adaptation in Uzbekistan” was held within the framework of the International Environmental Exhibition Eco Expo Central Asia 2025. It was organized by the International Organization for Migration (IOM) with the support of the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change of the Republic of Uzbekistan. https://gov.uz/en/eco/news/view/62503 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook| X| 📱Linkedin
Hashtags
Diterbitkan 13 Jun
🎉Tug‘ilgan kun muborak, aziz liderimiz!🎉 Bugun – o‘zining iqtidori, tashabbuskorligi va mehr bilan to‘la qalbi bilan boshqalarga ilhom berayotgan ajoyib insonning tug‘ilgan kuni! Qadrli Bonu Kenjayeva, Siz – Jizzax viloyatida porlayotgan kelajak liderlaridan birisiz! Har bir loyihada, har bir volontyorlik tadbirida ko‘rsatgan faol ishtirokingiz, mehringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildiramamiz! Sizning borligingiz – jamoa uchun katta ilhom, yoshlarga esa yorqin namuna. Tug'ilgan kuningiz bilan 🥳🫶🏻
Diterbitkan 9 Jun
⭐️Code Caravan hakatoni kelajak innovatorlarini Farg'onaga chorlaydi! ⚡️Kutib oling, Farg'onalik yoshlar tomonidan tashkillashtirilgan, sovrin jamg'armasi 10 million so'mlik ,,Code Caravan II" uchun arizalar qabulini rasman ochiq deb e'lon qilamiz! ➡️Agar sizda g'oya bo'lsa va dasturlashga qiziqsangiz bizning karvonimiz aynan siz uchun! Shuningdek ushbu loyiha orqali siz: - IT-mutaxassislar va hamfikrlar bilan tanishasiz - Portfolio va rezyumengiz uchun real loyiha ustida ishlaysiz - Pul mukofoti (10 million so'm) va sertifikatlarga ega bo'lasiz. ❗️Ushbu link orqali hoziroq ariza topshiring. 🗓Tadbir sanasi: 1-2-3-4-iyul onlayn, 5-iyul offlayn 📍Manzil: Farg'ona shahri 🔔Ariza topshirishning oxirgi muddati: 24-iyun ➡️Ishtirok etish mutlaqo bepul! 👍Barchangizni hakatonimizda kutib qolamiz. Bu safargisi ,,boshqacha" bo'ladi! 📱Telegram | 📱Instagram
Diterbitkan 19 Mei
#QonunchilikYangiliklari ❗️O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025-y.) qabul qilindi. 🔰 Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan: 🔹4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi; 🔹 400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi. 💬 Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi. ✔️ 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab: ▶️har yili ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzular e’lon qilib boriladi; ◀️oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi. 🌐“Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi. 💬 Har yili talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar hamda startap loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi. 📝 Shuningdek, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar o‘rtasida dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘tkaziladi. ⭐️Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar qabul kvotalari 30 foizga oshiriladi. 🛡Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Hashtags
Diterbitkan 12 Mei
Assalomu alaykum do'stlar 🙌hamma yaxshimi ? Yaqin kunlarda viloyatimizda (Jizzax) ajoyib eko-tadbir o'tkazmoqchimiz,ishtirok etmoqchi va yaqindan yordam bermoqchi bo'lganlar @primovnas bilan bog'laning✔️
Diterbitkan 12 Mei
#yoshekologlarharakati #ecoplus#jizzaxviloyati 😎"12-may – Butunjahon ko‘chmanchi qushlar kuni "munosabati bilan Jizzax viloyati Yosh ekologlar harakati kengashi tomonidan “TabiArt” 🌲loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha doirasida 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida tabiat bag‘rida rasm chizish faoliyati o‘tkazildi. O‘quvchilar ochiq osmon ostida, qushlar sayrashi va tabiatning betakror manzaralari qo‘ynida o‘z tasavvurlarini ranglar orqali ifoda etdilar. Bu loyiha ularga nafaqat ijodiy salohiyatlarini namoyon etish, balki atrof-muhitni chuqurroq his qilish va unga mehr bilan qarash imkonini ham berdi. ☘️💚☘️💚☘️💚☘️💚☘️💚☘️ https://t.me/yoshekologlaruz
Diterbitkan 12 Mei
#ekooromgoh2025 #jizzax#chorlov 26-may–1-iyun kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da bo‘lib o‘tadigan, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Eko-oromgoh 2025”ga Jizzax viloyati yoshlari tayyor. Sizchi Navoiy yoshlari tayyormisiz? Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram
Hashtags
Diterbitkan 10 Mei
“Bek va Lola” – bolalar uchun yaratilgan, ezgulik va mehr-muruvvat g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan o‘zbek multfilmidir. Unda ikki asosiy qahramon – chaqqon va ziyrak Bek hamda mehribon va aqlli Lola – turli sarguzashtlar orqali do‘stlik, madaniyat, vatanparvarlik va ekologiyaga e’tibor kabi muhim qadriyatlarni bolalarga sodda va tushunarli tarzda yetkazadi. Yaqinda chiqqan maxsus ekologik qism esa ayni muddao bo‘ldi: endi kichkintoylar ham atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr bilan qarash g‘oyalarini multfilm orqali o‘rganishmoqda. Bu esa ekofaollar va ekoblogerlar uchun juda muhim hodisa, chunki bu targ‘ibot ishimizda katta yordam bo‘ladi. “Bek va Lola” nafaqat ko‘ngilochar, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega multfilm sifatida farzandlarimizni ongli, ekologik madaniyatga ega shaxs qilib tarbiyalaydi. Multfilmni tomosha qilish uchun kanalga ulanishingiz mumkin: 🍃https://t.me/bekvalola
Diterbitkan 8 Mei
⚡️Волонтёрство на экологической инициативе от WasteLess при поддержке Coca-Cola на MAZZA Fest. 🔝Когда? 9, 10 и 11 мая С 15:00 до 22:00 🔝 Где? УзЭкспоЦентр 🔝 Что делать? — Информировать гостей о раздельном сборе отходов (ПЭТ-бутылки и жестяные банки) — Следить за наполнением баков и переносить отходы в отведённое место — Поддерживать чистоту на закреплённой территории 🔝 Что даём? — Экипировку — Питание — Благодарственное письмо 🔝 Хочешь в команду? Регистрируйся через @dzakhongir_ortikov 👋 🇺🇿👋 🇺🇿👋 🇺🇿👋 🇺🇿👋 🇺🇿👋 🇺🇿 Актуальное для волонтёров страны ⬇️ Telegram|Instagram|Facebook|Web