TGINSIGHT CHAT
EKOLOGIK NAZORAT
@ekonazorat
Politics- O'zbekiston Ekologik partiyasi jamoatchilik ekologik nazoratini siz bilan birga amalga oshiradi. - Eko muammolarni rasm, video va lokatsiya bilan yuboring. Rasmiy kanal: https://t.me/ekonazorat Murojaat uchun bot: @ekonazorat_rasmiy_bot
Siaran terkini
Halaman 1 daripada 17 · 204 siaran
Diterbitkan 22 Feb
#Ortachirchiq_tumani #Fuqaro_murojaati Ichimlik suvi isrofiga chek qo'yildi💧 O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi nomiga noma’lum fuqarodan kelib tushgan video murojaatda Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, “Yangilik” MFY, Evalek ko‘chasida joylashgan yer osti ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida toza ichimlik suvi isrof bo‘layotgani ma’lum qilingan. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar jalb etilib, holat nazoratga olindi. Natijada “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ O‘rta Chirchiq tumani filiali tomonidan murojaat joyiga etib kelib, aniqlangan nosozlik yuzasidan qisqa muddatlarda muammo bartaraf etildi. Hozirgi kunda ichimlik suvi quvuridagi yorilish to‘liq ta’mirlanib, suv isrofiga chek qo‘yildi. Fuqarolar murojaati doimo e’tiborda @ekonazorat
Diterbitkan 22 Feb
Manzarali daraxt ko'chatlari to'g'ri ekilayotganligi yuzasidan jamotchilik nazorati o'tkazildi Koson- Qarshi markaziy yo'li yoqasi, Koson tumani "Pudina" va "Boyg'undi" mahallasi yo'nalishlarida Koson tumani hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari tomonidan manzarali daraxt ko'chatlari ekilmoqda. Shu kunga qadar tuman hududida 10 mingtaga yaqin pavloniya ko'chatlari o'tqazildi. Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkilotlar tomonidan mevali daraxt ekish ishlari ham davom ettirilayotganligi ko'zdan kechirilib, daraxt ekish ishlariga ko'maklashildi. 👉@ekonazorat
Diterbitkan 22 Feb
#Navbahor #Ekoreyd Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navbahor tuman partiya tashkiloti tomonidan Beshrabot mahallasida navbatdagi ekoreyd tadbiri oʻtkazildi. Reyd davomida mahalla hududidagi Bobur shoh koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylar atrofidagi chiqindi tashlash maydonida maishiy chiqindilar ancha vaqtdan buyon olib chiqilmagani, natijada chiqindilar belgilangan joydan tashqariga sochilib ketgani aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan “Toza hudud” davlat unitar korxonasi rahbariga rasmiy tartibda ma’lumot berildi hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yetkazildi. Reyd yakuniga qadar maxsus texnika va ishchi guruh jalb etilib, toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar toʻliq tozalanib, hudud sanitariya jihatidan tartibga keltirildi. @ekonazorat
Diterbitkan 22 Feb
#Ohangaron_tumani #Ekologik_reyd_murojaat_ijro O'zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron tumani partiya tashkiloti raisi tomonidan Ohangaron tumani Uvak MFY. hududidagi Ekologik muammolarni õrgan maqsadida reyd tashkil etildi. Bunyodkor va Yangi hayot kõchalarigagi maishiy chiqindilar belgilangan vaqtda olib chiqib ketilmayotgani tõĝrisida murojaat qilingan. Masalani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ma’lumot kiritilib, nazoratga olingandi. Ushbu masala o'z echimini topdi. @ekonazorat
Diterbitkan 20 Feb
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “O'rta Chirchiq tumanida joylashgan ''Sholichilik'' instituti binosi atrofida bir necha yillik daraxtlar kesilmoqda” mazmunidagi xabar bo’yicha Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi inspektorlari tomonidan zudlik bilan joyiga chiqib o’rganildi. O'rganish davomida 1981-yilda tug’ilgan fuqaro U.B. tomonidan ushbu hududdagi 10 tup terak daraxtlarini hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz tag qismidan kesib tashlaganligi holati aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi. @ekonazorat
Diterbitkan 20 Feb
#Ekopartiya #Zomin #Ekoreyd ✅ O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tumani partiya tashkiloti tomonidan Zomin tumani Farovon QFY hududida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi. ✅ Ekoreyd jarayonida hududdagi ichimlik suvi quvurida nosozlik, ya’ni quvur yorilgani aniqlandi. ✅ Mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida tuman suv ta’minoti va oqova korxonasi ishchilari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borildi. @ekonazorat
Hashtags
Diterbitkan 20 Feb
#Ekopartiya #Gʻallaorol #Ekoreyd ✅ Ekorayd tadbiri o‘tkazildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi G‘allaorol tuman partiya tashkiloti raisi B. Jumaboyeva tomonidan Qoʻytosh SHFY hududida ekorayd tadbiri o‘tkazildi. Ekorayd jarayonida shahar markazidagi asosiy ko‘chalardan birida tadbirkorga tegishli do‘kon oldida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat atrof-muhit tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, fuqarolar kayfiyatiga ham salbiy ta’sir qilayotgani qayd etildi. Aniqlangan holat yuzasidan tadbirkorga o‘z faoliyati doirasidagi majburiyatlari hamda sanitariya qoidalariga rioya etish zarurati tushuntirildi. Natijada aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etildi. @ekonazorat
Hashtags
Diterbitkan 20 Feb
#Ekopartiya #Yangiobod #Ekoreyd 📌 Yangiobod tumanida toza ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan ekoreyd o‘tkazildi Yangiobod tumani hududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida ekoreyd tadbiri tashkil etildi. Reyd davomida aholi xonadonlariga tortilgan ichimlik suvi tarmoqlarining texnik holati, ulanish sifati hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi, ayrim muammolar esa joyida bartaraf etildi. Natijada bir qator xonadonlarda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari jadallashtirilib, aholining turmush sharoitini yaxshilashga erishildi. Mazkur ekoreyd aholi salomatligini mustahkamlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda hududda ekologik barqarorlikni oshirishga xizmat qildi. @ekonazorat
Hashtags
Diterbitkan 18 Feb
Chiqindilar masalasi doimiy nazoratga olindi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon tumani Kengashi raisi J. Abdumannopov hamda tuman Ekologiya bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda Beshpahlavon MFY hududida ekoreyd nazorat tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida ayrim hududlarda chiqindilar to‘planib qolgani, shuningdek, aholi tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari aniqlandi. Bundan tashqari, biriktirilgan chiqindi yig‘ish maxsus texnikasi belgilangan vaqtda kelmayotgani aytildi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinib, chiqindilar aynan shu kunning o‘zida olib ketilishi ta’minlandi. Jarayon doimiy nazoratga olindi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Diterbitkan 18 Feb
Havo ifloslanishi Alsgeymer xavfini 8,5 foizga oshiradi Tadqiqotlarga ko‘ra, havo ifloslanishi insonlarda Alsgeymer xavfini oshiradi. Insult va gipertoniyasi bor bemorlarda xavf yanada yuqori. 👉https://vaqt.uz/uz?n=20725 ⌛️Vaqt.uz rasmiy kanali
Diterbitkan 18 Feb
#Ekopartiya #Mirzachoʻl #Ekoreyd ♻️ Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Mirzachoʻl tuman partiya tashkiloti raisi A. Abdusalomov hamda tuman ekologiya bo‘limi xodimi D. Xasanova ishtirokida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi. ♻️ Reyd davomida tuman hududlarining ekologik holati o‘rganilib, ayrim joylarda foydalanishdan chiqqan avtomobil shinalarining tartibsiz ravishda tashlab ketilgani holatlari aniqlandi. Mazkur chiqindilar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, yong‘in xavfini keltirib chiqarishi hamda sanitariya holatining yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. ♻️ Ekoreyd jarayonida mas’ul tashkilotlar va hudud rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etildi va chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. @ekonazorat
Hashtags
Diterbitkan 17 Feb
#Ekopartiya #Forish #Ekoreyd 📌 Bog‘don mahallasida ekoreyd davomida chiqindilarni tozalash ishlari amalga oshirildi Forish tuman markazidagi Bog‘don mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi hududida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman Ekologik partiyasi xodimlari hamda obodonlashtirish tuman bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi. Reyd davomida hududda to‘plangan chiqindilarni maxsus texnika yordamida yig‘ib, tozalash ishlari olib borish kerakligi aniqlandi. Reyd davomida hududdagi toʻplangan chiqindilardan tozalandi.Mazkur tadbir tuman markazidagi ko‘chalar va yashil hududlarni tartibga solish solish, obodonlashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida amalga oshirildi. @ekonazorat
Hashtags