TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kandungan
Kandungan siaran
Bugun 9-fevral — buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy bobomiz tavallud topgan kun. U o‘zining bebaho asarlari bilan turkiy tilning nufuzini yuksaltirgan, ilm-ma’rifat va insoniy fazilatlarni ulug‘lagan. Navoiy merosi bugun ham xalqimiz ma’naviyatining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Alisher Navoiy o‘z davrida adolat, ilm va donolikni targ‘ib qilgan, she’riyat va nasr orqali inson qalbini kamolga yetkazishga chaqirgan. Uning asarlari — hayotiy hikmatlar va ezgu maqsadlar manbai bo‘lib, har bir avlod uchun ibratdir.