TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kandungan
Kandungan siaran
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar! Muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi arafasida barchangizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Ushbu fayzli va barakotli oy xonadonlaringizga tinchlik, qalblaringizga xotirjamlik olib kirsin. Ertadan boshlab Ramazon oyining ilk kuni boshlanadi. Siz azizlarga qulaylik yaratish maqsadida Ramazon taqvimini ham taqdim etamiz. Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodat-u duolaringizni dargohida qabul aylasin. Ramazon oyi barchamiz uchun savob va mag‘firatga to‘la oy bo‘lsin! Ramazoningiz muborak bo‘lsin!✨🕌