TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← iPost rasmiy kanal
iPost rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #4506

@ipostcargo

iPost rasmiy kanal

Tontonan23,100Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan16 hari lalu19/05/2026, 04:26 PG
Kandungan

Kandungan siaran

📦 MUHIM MA’LUMOT! Buyurtma berishdan oldin quyidagi taqiqlangan va cheklangan mahsulotlar ro‘yxati bilan albatta tanishib chiqing 👇 🚫 1. Harbiy va xavfsizlikka oid mahsulotlar Qurollar, o‘qotar vositalar (hatto o‘yinchoq bo‘lsa ham), pnevmatik qurilmalar, pichoqlar, arra, kamon, durbin va portlash xavfi mavjud moslamalar. ⚠️ 2. Kimyoviy va xavfli moddalar Epoksi va UV smolalar, yonuvchan yoki portlovchi batareyalar, gazli spreylar, kir yuvish kapsulalari, maishiy kimyo vositalari va boshqa xavfli moddalar. 📡 3. Elektron va maxsus texnik qurilmalar Dronlar (o‘yinchoq bo‘lsa ham), kuzatuv moslamalari (kamera, smart ko‘zoynak), VR ko‘zoynaklar, SIM-kartali aqlli soatlar, radar detektorlar. 💊 4. Tibbiy va farmatsevtik mahsulotlar Dori vositalari, davolovchi kosmetika, aknega qarshi mahsulotlar, ozdiruvchi vositalar (plaster va apparatlar), kontakt linzalar va suyuqliklari. 💄 5. Shaxsiy parvarish vositalari Dezodorantlar, soch bo‘yoqlari, tirnoq uchun vositalar (lak, gel, LED lampalar), terini oqartiruvchi va tiklovchi kosmetika. 🔞 6. 18+ va cheklangan mahsulotlar Feromon mahsulotlar, 18+ toifadagi buyumlar, tamaki va shunga o‘xshash mahsulotlar. 🍫 7. Oziq-ovqat mahsulotlari Har qanday iste’molga yaroqli oziq-ovqatlar va hayvonlar uchun yemlar. 💎 8. Qimmatbaho buyumlar Oltin, kumush va boshqa qimmatbaho taqinchoqlar. 🌱 9. O‘simliklar va biologik mahsulotlar Tirik o‘simliklar, gullar, ko‘chatlar va urug‘lar. 📵 10. Boshqa mahsulotlar Telefonlar, kitoblar, diniy buyumlar (joynamoz, tasbeh), shlem va kaskalar. — ❗️ Eslatma: Yuqoridagi mahsulotlar logistika qoidalariga ko‘ra qabul qilinmaydi yoki cheklovlarga ega bo‘lishi mumkin. 💬 Savollaringiz bo‘lsa — bemalol yozing, yordam beramiz!