Kandungan siaran
👍 "Ibrat Farzandlari" jamoasi 2025-yilni muvaffaqiyatli yakunlamoqda! (Yuqoridagi videoni ko‘rishingizni tavsiya qilamiz) Bizning loyihamiz yil davomida butun Respublika bo'ylab barcha yoshlarni ilm yo'liga chorlovchi harakatga aylandi, shuningdek: – Sun'iy intellekt bilan naq 6 ta til: ingliz tili, rus tili, nemis tili, arab, turk va koreys tillarini o'rganish imkonini beruvchi, bundan tashqari Great Debater va English for football kabiyangi premium kurslari yaratildi; – Ibrat Academy ilovasida 22 ta xorijiy til bo'yicha ishlangan darslar soni 2700 dan oshdi, darslarni ko‘rishlar soni esa 75 milliondan oshdi; – ilk bor xorijliklar uchun o'zbek tilini o'rganish imkonini beruvchi maxsus LearnUzbek AI dasturi ishlab chiqildi; – savodxonlik, imo-ishora va IELTS, TOEFL'ga tayyorlovchi bepul tayyorlov kurslari yo'lga qo'yildi; – Ilovadagi 3 millionga yaqin foydalanuvchilarning naq 300.000 tasi til sertifikatlarini qo'lga kiritdi; – "Ibrat kashfiyotlari", "Ibrat Debate", "Ibrat kids" kabi loyihalar orqali minglab iqtidorlar kashf qilindi. 🏆Va bu hali hammasi emas. Oldinda bizni bundanda katta maqsad va rejalar kutib turibdi. Bu yo'lda biz bilan birga ekanligingizdan va bizni qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun esa sizga tashakkur aytamiz! "Ibrat farzandlari" biz dunyo madaniyatlari o‘rtasida ko‘prik yaratamiz. 🔵@ibratfarzandlari