TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jasur Muhammad
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #2127

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

Tontonan17,600Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan10 Jun10/06/2024, 04:52 PG
Kandungan

Kandungan siaran

Ayol makri.. Bir kishi yo’lda ketayotib, bir quduq yonida turgan ayolga duch keldi. Kishi unga yaqinlashdi. Ayol qo’rqib ketdi. Shunda Erkak: “Qo’rqma! Sendan bir narsa so’ramoqchiman. “Ayol makri nima?”” deb so’radi. Ayol biroz o’ylanib turdi-da, keyin dod solib yig’lay boshladi. Uning ovozini butun qishloq eshitdi. Erkak qo’rqa pisa ayoldan nega bunday qilganini so’radi. Ayol: “Ovozimni butun qishloq ahli eshitib, bu yerga kelishsin va seni o’ldirishsin deb shunday qildim”, dedi. Erkak: “Sendan makr haqida so’radim, xolos-ku! Yomon niyatda biror gap aytdimmi? “ -dedi. Shunda ayol o’rnidan turdi-da, bir chelak suvni o’z ustidan quydi. Erkak uning bu ishidan ajablandi. Undan nega bunday qilganini so’radi. Ayol endi gapirmoqchi edi, qishloq ahli kelib qoldi. Erkak ulardan qo’rqib, “ Bular meni hozir o’ldirishsa kerak”, deb o’yladi. Ayol qishloq ahliga: “Suv olmoqchi bo’lib quduqqa engashgan edim, behosdan tushib ketdim. Bu odam meni qutqardi”, dedi. Odamlar boyagi kishiga tashakkur aytib, unga ko’p sovg’a salomlar in’om etdilar. Erkak Ayoldan nega shunday qilganini so’radi. Ayol: “Ayol makri mana shunaqa bo’ladi. Agar unga ozor bersang, Seni o’ldiradi. Agar u rozi bo’lsa, Seni baxtli qiladi” , deb javob berdi…. 🪓