Kandungan siaran
Kitoblar qanday ahmoq ekanimizni bizga eslatib turadi. Rey Bredberi Ustoz bo’lsa yaxshi, yonida yurib ilm va odatlarni yuqtirib olasiz. Ustoz bo’lmasa, kitoblar ikkinchi imkoniyatingizdir. Inson doim eslatmaga muhtoj bo’lib turadi. Chunki insonning bitta nomi “unutuvchi”, u fitratida shunday yaratilgan. Bunga yechim doimo hayrli ishlar va odatlarni eslatib turadigan kitoblar yoki insonlarga muhtoj bo’lamiz. Atrofimizda eslatib turadigan insonlar kam bo’lganligi uchun, kitoblar bizga eslatuvchi vazifasini bajarib turadi. Yuzimizga aybimizni aytadigan insonlar atrofimizda yo’q. Chunki, hammamiz o’zimizni himoya qilamiz va o’zimizni sevamiz. Hech kimga nasihat qilishiga yo’l qo’ymaymiz. Nasihat qilganlarni yoqtirmaymiz. Shunday vaziyatda kitoblar bizni ayblarimizni ko’rsatib, to’grilanishimizga sababchi bo’ladi. “Mana shu yerda xato qilding" deya bizga oyna boʻluvchi koʻzguyimizdir. Sabotul ojiziyn kitobini ikki marta o’qiganman. Boshida qiziqtirib, o’ziga jalb qilib oladi. Keyin bizni ayamaydi. Jim.. indamay.. dardingiz ichingizda xatolaringiz bilan birma-bir yuzlashtiradi... Buni his etib o’qish kerak..