Kandungan siaran
Oldinga qadam tashlashga oʻzingizda jurʼat toping. Quyidagi maxsus tamoyillar bu yoʻlda yanada ildamroq yurishingizni taʼminlaydi: • Ruhingizni oʻrab turgan qalbaki qobiqdan - soxta "men"ingizdan voz kechish - muammolardan xalos boʻlishingiz demakdir. Chunki ular bitta tushuncha. Zotan muammolaringiz, soxta "men"ingiz tufayli yuzaga keladi. • Ketar ekansiz, sogʻinchingiz bir olam boʻlsin. • Nimaning toʻgʻri ekanligini tushunish uchun, avvalo, nimaning notoʻgʻriligini aniqlab olish joizm • Oʻzingizga nisbatan qanchalar haqgoʻy boʻlsangiz, erkinligingiz ham mana shu oʻlchov doirasida boʻladi. • Voz kechish - ichki dunyongizning vazifasidir. • Oʻzingizga nisbatan rostgoʻy boʻling, hech bir narsani oʻzingizdan yashirmang. • Ikkisidan biri yuz berishi aniq: yo oliy idrok bilan yoki oʻjar oʻzingiz bilan qolasiz. Ikkalasi bir vaqtda boʻlishi mumkin emas! • Voz kechish uchun qandaydir favqulodda yordam kuchga hojat yo'q, faqatgina mavjud muammo - ayni ondagi zaruratni ko'rishga tayyor boʻlish va bunga xohish boʻlisa kifoya. • Mavjud muamni tushunmay va tahlil qilmay turib, unga nisbatan yaxshiroq vaziyat yaratib bo'lmaydi. • Muammoning nima ekanligini bir bor boʻlsa ham yaqindan ko'rganingizdan keyin yechimini ham albatta topasiz. • Tan olingan zaiflik — tark etilgan zaiflikdir. Ya'ni ojiz nuqtalaringizni koʻra olsangizgina, undan xalos bo'lishingiz mumkin. • Voz kechish - oʻingiz muammolar girdobida qolib ketganingizni sezganingizdan soʻng tabiiy ravishda yuz beradigan jarayonlmdir. Ya'ni muammoni anglaganingizdan keyin voz kechish jarayoni oʻz-oʻzidan sodir boʻladi. • Baxtsizlik boshingizga boshqa joydan kelmaydi, uni o'zingiz yaratasiz. Baxtsiz bo'lib qolishingizning boisi, aslida, o'zingzdir. • Azob chekish - bu sizning notoʻgʻri tanlovingizdir. • Rostdan ham siz bajarishni istayotgan narsa - oʻzingiz haqingizda o'ylashni to'xtatishdir. • Mag‘lub foydasiz choralarga yopishib olishdan kelib chiqadi. • Boshqa variant, boshqa ehtimol yoʻqligini sezganingizdan soʻng, voz kechish oʻz-oʻzidan yuz beradi. • Asl erkinlik «men»ning ozodlikka chiqishiga intilishi tufayli uning uchun tayyorlangan tuzoqlarning fosh boʻlishida emas; asl erkinlik — o'zini tuzoqqa tushib qolganday his qiladigan «men»dan qutulishdadir. • Kashf etilishi kerak bo'lgan bilimlarni faqat o'z istaklari bilangina chegaralash va shu holda o'zini o'rganishga urinish - «Yotgan joyimda turib dunyoni o'rganishni xohlayman» deyish bilan barobardir. • Yo'qotishdan qo'rqadigan narsangizdan voz kechganingizda, aslida, yo'qotganingiz faqatgina qo'rquvning o'zi boʻladi. © Gay Finli