TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jasur Muhammad
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #2150

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

Tontonan22,800Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan18 Jun18/06/2024, 09:51 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Kitobxonlarni oʻz holiga qoʻying! Soʻnggi paytlarda turk adabiyotiga, jumladan biz kitobxonlarga tavsiya qilgan kitoblarga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlar koʻpayib qolganligini hisobga olib shu haqida fikr bildirishni lozim topdik. Toʻgʻri, insonlarning dunyoqarashlari har xil boʻlishi tabiiy, kimdir Dostoyevskiyni daho desa, kimgadir uning kitoblari yoqmaydi. Kim uchundir «Molxona» asari ajoyib kitob, ammo bir kishidan «haqiqiy molxona-ku» degan gapni eshitganman. Kimdirlar tomonidan tanqidga uchragan «Men» asarini bir ukamiz qayta-qayta 6 marta oʻqiganini aytdi. Hamma tilda ham tavsiya qilsa boʻladigan va umuman tavsiya qilinmaydigan kitoblar bor. Toʻgʻri, turk adabiyoti ham kamchiliklardan holi emas va oʻz navbatida, tanqidchilar orasida ham haqli tanqid qilayotganlar bor. Ammo, bu kitoblar koʻpchilik insonlarni toʻgʻri yoʻlga boshlaganligi ham bor gap. Balki, kitoblarning musulmon mualliflar tomonidan yozilayotganligi va xudosizlar tomonidan ilgari surilayotgan ayrim gʻoyalarni shunchaki choʻpchak ekanligini isbotlab berayotganligi bu tanqidlarga sabab boʻlayotgandir. Xullas, qoʻshtirnoq ichidagi «tanqidchi»larga aytar gapimiz bor. Hamma insonlarga oʻz qadriyatlaridan, ehtiyojidan va qalbidagi ogʻriqlaridan kelib chiqib kitob tanlashiga qoʻyib bering!