TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jasur Muhammad
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #2183

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

Tontonan20,500Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan28 Jun28/06/2024, 11:33 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Yaxshi kitoblarni o’qishni o’rganish yomon kitoblarni o’qimaslikdan boshlanadi. Axir hayot qisqa.. Shopеngauer Yaxshi kitoblarni tanlab o’qishni 2021- yilda boshlagan edim. Yani, o’sha vaqtda kitob tanlab o’qish mahorat, san’at ekanini anglaganman. O’zgaramiz loyihasi sababli kichik kitoblarni o’qishga majbur bo’ldim. Chunki loyihada boshlang’ich kitobxonlar qatnashganligi uchun, kichik, qiziqarli kitoblarni o’qitishimiz kerak edi. (Majburiyat) Har mavsumda 8-12ta kitoblarni o’qib, ularning ichidan 3ta eng yaxshilarini tanlar edim. Filtrdan o’tmagan kitoblarni o’qishga vaqtim shunchaki ketar edi. Nima demoqchiman, hayot qisqa, yaxshi kitoblar esa ko’p. Tanlab, anglab, saralab o’qing..