TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jasur Muhammad
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #2344

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

Tontonan17,700Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan13 Jul13/07/2024, 08:36 PG
Kandungan

Kandungan siaran

Ota - ona farzandiga dushmanmi?! Jiyanlarim, ukalarim ko’p. Hammasi qisqa kurslarda o’qishni, ish o’rganib tajriba to’plashni, yaxshi insonlarga shogird bo’lishni istashadi. Ammo, ota - onalari, - "Rossiya yoki Qozog’istonga borib ishlab pul topganing yaxshi edi" deyishadi. Rosa harakat qilsak ham tushunishmaydi, huddiki miyalari bloklanib qolganday.... U joylarda o'n yillab ishlagan inson sifatida aytaman: - Farzandlaringizni chet davlatlarga yubormang, (ilm olish uchun boradiganlar bundan mustasno) ularda sizning taqdiringiz ikkinchi marta takrorlanmasin.... Sigaret chekuvchilar, aroq va pivo ichuvchilar, ayol - qizlar bilan yurishni oddiy holatga aylantirib olgan insonlar, jamoasi (katta ehtimol bilan u yerdagi muhit shunday)arzimagan besh - o'n million (500-600$) pul uchun, hali qadryati to'liq shakllanmagan farzandingizni shunday joyga yuborishga qo'qrmaysizmi? Farzandlaringizni qanday havfga yuborayotganligingizni tushunayapsizmi?! Kecha bir singlimiz ro'mol o'ragani uchun, onasi va akasi kaltaklabdi, buni eshitib sho'kga tushdim. Odamlar shunchalik manqurtlashib ketdimi? Shunday ilmli, soliha qizini, singlisini ro’moli uchun kaltaklasa.... Asli bunday qiz qancha-qancha ota - onalarning orzusiku! Kecha *o’chib qolgan bolalarni videosi tarqadi. Tabletka shimib olgani bilinib turibdi. Tabletkalar oddiy uylarda bemalol sotilayapti. Asosiy haridorlari maktab o’quvchilari, kunda guvoh bo’laman. Shu holatda ham farzandingizni chetga chiqarishga qo’rqmaysizmi?! Ishonchli insonlarga shogirdlik uchun berib, ikki-uch yil sabr qila olmaysizmi? Shunda, siz hohlagandan ko'proq pul topadigan bo’ladiku.. Aziz ota - onalar xato qarorlaringiz bilan, farzandlaringizning yorqin kelajagini qurbon qilmang!