Kandungan siaran
O‘zingizdan mazlum(mazluma) yasab olmang... Bir muammo bo‘lib qolsa, o‘zingizdan mazlum yasab boshqalarni aybdor qilishni bas qiling. Hayotingizni hozirgi ahvoliga kelishiga yagona sababchi inson asli o‘zingizdir. Kechagi tanlovlaringiz bugungi taqdiringizni hal qiladi. Agar inson oʻz hayotini taftish qiladigan boʻlsa tushunib yetadiki uning oʻzi hayotidagi har bir hodisaga sababchi ekanligini. Xalqimizning maqollarini sevaman-da, “Shamol kelmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi”, “G‘unajin ko‘zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi”. Boshqalarga o‘zingizni muammolaringizni ilishdan osonroq ish yo‘q. Ammo siz boshqalarni ayblashdan avval ularga imkon berganingiz, shaxsiy chegaralaringiz eshigini ochib kiritganingizni unutmasligingiz lozim. Har bir insonda tanlash huquqi bor va shu tanlovlari asosida inson hayot kechiradi. Muammolar faqat sizda emas, hammani hayotida qiyinchiliklar boʻladi ammo hamma ham u muammolarni yechimi aynan oʻzidaligini bilmaydi. Balki boshqalarni ayblash bilan oʻziga vaqtinchalik "sokinlik" oladi. Lekin keyinchalik tushunib yetamizki asil muammo oʻzimizda ekanligini va u muammodan chiqish ham oʻz qoʻlimizda. Shuni yodda tutish kerakki, mag'lubiyatga uchraganlar hech narsa qilmaslik uchun sabab topadilar va faqat o'z atrofidagilarni ayblashadi, lekin g'oliblar o'zlarini, xatolarini tahlil qilishga va keyin yechim topishga harakat qiladilar.