Kandungan siaran
- Sizda bormi?! Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hammasini clublari yoki suhbatlashib turadigan jamoalari bo’ladi. Toshkentga kelganimga 4 yil bo’lib qoldi. Kelmasimdan avval ham ilm olar edim. Kitob do’konimda ko’p mutolaa qilar va haftada bir firklashib turadigan yig’inlarda qatnashardim... Ammo bir kuni 1000+ kitob o’qigan va o’z sohasini mutaxassislari bilan suhbatlashib qoldim. Fikrlashim tor va ortda qolib ketganimni angladim. Toshkentga kelishga qaror qildim.. Kelganimga 4 yıl bo’ldi, natijalar juda ajoyib, xatto o’ylab ko’rmaganlarim bo’ldi. “Qalbingdagi g’aming qadar tavfiq beriladi” degan gapning haq ekanini ko’rdim. Kelganimdan buyon top mutaxassislar bilan juda ko’p suhbatlashdim. Loyihalar qo’shimcha yuksalish bo’ldi. Juda katta natija berib, fikrlashimda 10,20-yıl oldinlatib yubordi. O’zimizda natija bergan bu uslubni boshqalarga ham taklif qilishni istadik. Va Mindset clubni tashkil etdik. Endi sizda ham bu imkoniyyat paydo bo’ldi. Inson ilm olar ekan, kitob mutolaa qilar ekan, nimadir kamdek tuyuladi. Bu boshqa sohalardagi mutaxassislar bilan aloqa yo’qligi, maslaxat olinmagani, networking yo’qligidan bo’ladi..