Kandungan siaran
Ovchining otgan o’qi bir kishini o’ldirishi yoki umuman unga tegmasligi mumkin. Lekin aqlli odamning hiyla nayrangi ona qornidagi chaqloqniyam o’ldirishi mumkun. ©️Kautila, hind faylasufi 3-asr Shuning uchun kimni kuzatishingizni yaxshilab o’ylab ko’ring. Filtringizni yaxshilab ishlatishingiz kerak. Chunki, tushunchalarni sog’lom saqlashlik juda muhim.. Bir ilmli inson bilan bir voqea yuzasidan tortishib qolgan edim. Bir kuni Kamoliddin(R) aka bilan uchrashib qoldim. Shu sohani yaxshi bilgani uchun so’radim. U kishi zo’r gap aytdi. “Jasurbek, insonlar tushunchalarini ehtiyot qilishlari kerak, agar u o’zgarsa, to’g’rilanishi uchun yillar kerak bo’ladi. Agar to’g’rilansa” Odamlar o’z maqsadiga yetishidagi yagona vositaning mohiyatida kuch va ayyorlik mavjud.(Gyote) O’zingizni ehtiyot qiling..