TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jasur Muhammad
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #6226

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

Tontonan3,420Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan9 Jan09/01/2026, 03:46 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Kitob sohasiga 2017- yil kirib kelganman. Ammo, yangi brendni bir yil avval boshladik. Bir yilni o’tkazib olish oson bo’lmadi. Kitob sohasi juda qiyin sohalardan ekan. (Yaqinda katta brend yopilib ketgan edi. Endi katta nashryot do’konini vaqtincha yopayapti.) Bir yilda har- xil insonlarni va har- xil vaziyatlarni ko’rdik. Bir yilda nimalarga erishdik? — Kitob festival o’tkazdik. — Hamkorlarga ega bo’ldik. Masalan: Yuksalish maktablari, Colba maktabi va hokazo.. Brend sifatida ko’p kitobxonlar bizni tanidi. Kitob do’konlar orasida o’zimizni o’rnimizni topayapmiz. Eng quvonarlisi, Nashryot ham ochdik. Va 4ta kitobga mualliflik olayapmiz. Tez kunda chiqishni boshlaydi. Kitob chop etishni bir yil deganda chuqur o’rganib oldim. Endi katta sarmoya bo’lsa tezroq, o’z holimizda sekinroq davom etamiz..