TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jasur Muhammad
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT POST

Post #6242

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

Tontonan5,220Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan15 Jan15/01/2026, 09:36 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Bolalar robotmi? Maktablardagi darslar va uy vazifalari meni ajablantiraveradi. Hozir katta yoshdagi yigit- qizlar bitta tilni o’rganish uchun kursga boradi. Avval bitta tilni 2 yil o’rganib, keyin ikkinchi tilni o’rganishni boshlaydi. Nega ikkita tilni birdaniga o’rganmaysan? deb, savol bersak. Ustozlarim chalg’imaslikni aytishdi, deyishadi. Ammo maktablardagi yosh bolachalar robot deyman. Ingliz- tili, rus- tili, arab- tili va o’zbek tili. Tillardan tashqari 8-10ta fan ham bor. O’zimiz uddalay olmaydigan darslarni nega yosh bolalardan talab qilamiz? Ertalabdan kechgacha dars qiladi, charchab zo’rg’a keladi va uxlab qoladi. Hoy, uyga vazifani qilmaysanmi, deya olasizmi? Uy vazifasini qila olmasa, bolangiz dangasa va qiziqmaydi. Agar qiziqsa, juda zo’r o’zlashtiradi, deyishadi. Bolani qiziqtirish ustozning mahorati va himmatiga bo’g’liq emasmi? Bolani qiziqtirish, himmatini oshirishni Ota- Ona bajarsa, bola maktabga nega boradi? Ota- Ona ishidan, tashvishidan ortib , birga dars qilishga imkoni bo’lmagani uchun, maktabga beradi, deb o’ylayman. Hususiy maktablar shu haqida jiddiy ko’rib chiqishini istayman. Davlat maktablari haqida yozilmadi. Yevropa, Yaponiya va ko’plab ta’lim tizmlarini eshitib, o’qib, keyin post yozishga qaror qildim..