Siaran terkini
Halaman 1 daripada 4 · 46 siaran
Diterbitkan 15 Jan
Tanlov gʻoliblarini tekshiramiz 1-tanlov gʻoliblarini bu havoladan oʻtib koʻrishingiz mumkin: telegra.ph/Mediasaboq-1-01-15 2-tanlov gʻoliblarini bu havoladan oʻtib koʻrishingiz mumkin: telegra.ph/Mediasaboq-2-01-15 Tanlov gʻoliblaridan @avalboyev_s’ga: 1) nechanchi oʻrinda ekanliklarini, 2) nechta odamga tanlov haqida postni ulashganlarini, 3) telefon raqamlarini yuborishlarini soʻraymiz. Tanlov gʻoliblariga telefon qilib, yangi test savollarini berib yoki onlayn cheklangan muddatga test savollarini berib, sinaymiz. Agar testdan oʻtolmasalar, ulardan bir pogʻona pastdagilar oʻrinlarini egallaydi va ular ham test qilinadi. Hammani test qilib boʻlgach, aniq gʻoliblarni e’lon qilamiz @mediasaboq — media muhitda xavfsiz va trendda yasha
Diterbitkan 14 Jan
🧑💻 2-tanlov bugun soat 9:00 da boshlanadi Testni keltirilgan havoladan oʻtib, yechish mumkin: t.me/QuizBot?start=jJqWRcKa Testni soat 00:00 gacha yechish mumkin. Shu vaqtgachagina natijalar hisoblanadi. Tavsiya: Testdagi savollarga toʻgʻri javob berish uchun mediasaboq.uz saytidagi maqolalar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar va saytning “Ta’lim” boʻlimidagi 15 ta modulni oʻqib chiqishingiz mumkin. Mediasavodxonlik bilimiga ega boʻlsangiz ham test savollarini yecha olasiz. Eslatma: agar testni yechgan odamlar kamida 10 ta odamga tanlov haqidagi postni ulashmagan boʻlsa, uning natijalari hisobga olinmaydi. Gʻirromlik ishlatgan odamlarga sovrin berilmaydi.
Diterbitkan 13 Jan
🧑💻 1-tanlov soat 10:00 da boshlanadi Testni keltirilgan havoladan oʻtib, yechish mumkin: t.me/QuizBot?start=ZXCBHTiq Testni soat 00:00 gacha yechish mumkin. Shu vaqtgachagina natijalar hisoblanadi. Tavsiya: Testdagi savollarga toʻgʻri javob berish uchun mediasaboq.uz saytidagi maqolalar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar va saytning “Ta’lim” boʻlimidagi 15 ta modulni oʻqib chiqishingiz mumkin. Mediasavodxonlik bilimiga ega boʻlsangiz ham test savollarini yecha olasiz. Eslatma: agar testni yechgan odamlar kamida 10 ta odamga tanlov haqidagi postni ulashmagan boʻlsa, uning natijalari hisobga olinmaydi. Gʻirromlik ishlatgan odamlarga sovrin berilmaydi.
Diterbitkan 11 Jan
🧠Bilim olib, daromad qilish mumkin bo‘lgan tanlov! Mediasavodxonlikni o‘rganing, testlar yeching va bilim olganingiz uchun pul yutib oling. 🥇-o‘rin — 500 ming so‘m 🥈-o‘rin — 300 ming so‘m 🥉-o‘rin — 200 ming so‘m 📢 Tanlov haqidagi postni eng ko‘p odamlarga tarqatgan 3 odamga 100 ming so‘mdan sovg‘a beriladi. Tanlov bir marta ham emas, ikki marta o‘tkaziladi. Birinchi qatnashganingizda omadingiz kelmasa, ikkinchisida yana o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin. ❗️ Tanlov shartlari: 1️⃣ Mediasavodxonlik haqida bilimga ega bo‘ling. Bu uchun mediasaboq.uz saytidagi maqolalar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar va saytning “Ta’lim” boʻlimidagi 15 ta modulni oʻqib chiqish tavsiya qilinadi. 2️⃣ Bu postni 10 ta do‘stingizga ulashib, skrinshotlarni @mediasaboq_bot'ga tashlang. 3️⃣ Shanba (13-yanvar) yoki yakshanba (14-yanvar) kuni 30 ta test yeching. Kim ko‘p ball to‘plasa, shu mediasavodxon insonlar tanlovni yutgan hisoblanadi. Tanlov haqidagi postni eng ko‘p odamga ulashgan 3 ta odam ham taqdirlanadi. Umumiy tanlov jamg‘armasi — 2,3 million so‘m. 🤩 Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling: Telegram | Instagram
Diterbitkan 22 Okt
🔑Hamma ulangan Wi-Fi’laringizning parolini bilish uchun nima qilish kerak? Windows oʻrnatilgan kompyuterda “Командная строка”ni Administrator nomida ochamiz. U yerda “netsh wlan show profiles” buyrugʻini yozamiz va kompyuter barcha biz ulangan Wi-Fi parollarini chiqarib beradi. Bizga kerakli Wi-Fi’ning nomini yozib, “netsh wlan show profile name="Tarmoq_nomi" key=clear” degan buyruqni kirgazsak esa kompyuter kerakli Wi-Fi'ning parolini beradi. Wi-Fi nomi bir nechta so‘zlardan iborat bo‘lsa, so‘zni qavs ichiga olish kerak. 🤩@mediasaboq — mediamuhitda xavfsiz va trendda yasha
Diterbitkan 21 Okt
📰Videoda koʻrganlaringizga ishonmang Avvallari suratlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ishonishgan. Fotoni manipulyatsiya qilish imkoniyati yoki xalq tilida aytganda fotoshop chiqishi bilan suratlarga odamlar birdaniga ishonmaydigan boʻlishgan. Videoda ham yaqingacha shunday holat edi. Avvallari faqatgina bor videoni oʻzgartirish mumkin boʻlgan boʻlsa, hozirda Unreal Engine 5 kabi dasturlar orqali realistik feyk video tayyorlash mumkin. Shuning uchun har qanday ma’lumotni qabul qilayotganingizda tanqidiy fikrlang va fakt-cheking qiling. 🤩@mediasaboq — media muhitda xavfsiz yashang
Diterbitkan 20 Okt
🎵Har qanday musiqaning minus versiyasini olish uchun nima qilish kerak? Endi qoʻshiqlarning karaoke versiyasini topish uchun internetni titkilashingiz shart emas. Vocal Remover neyrotarmogʻi qoʻshiqlarning minus versiyasini bepul tayyorlab beradi. Shunchaki qoʻshiqni saytga yuklaysiz va bir necha daqiqada sun’iy intellekt qoʻshiqning akapella va karaoke uchun versiyalarini ajratib beradi. Sayt havolasi — vocalremover.org 🤩@mediasaboq — mediamuhitda xavfsiz va trendda yasha
Diterbitkan 19 Okt
Kerakli suratlaringiz yomon chiqib qolgan boʻlsa, nima qilish kerak? Yaqinda chiqqan DA-CLIP neyrotarmogʻi fotolaringiz yomon ahvolda boʻlsa ham ularni yaxshi holatga keltiradi. Masalan, yomgʻir tomchilarini, tumanni va xiralikni olib tashlaydi, fokusni esa toʻgʻirlaydi. Bu sun’iy intellektning eng yaxshi tomoni uning toʻliq bepulligida. Havola — bu yerda 🤩@mediasaboq — mediamuhitda xavfsiz va trendda yasha
Diterbitkan 19 Okt
Endi videolarni koʻrmasdan ularning qisqa mazmunini bilib olishingiz mumkin Yandex brauzeri videoning qisqa mazmunini soʻzlab beradigan yangi funksiya chiqardi. 2 daqiqadan boshlab 4 soatgacha boʻlgan rus tilidagi videolarning havolasini ulashib, videoning mazmunini bilib olishingiz mumkin. Misol uchun, ovqat retsepti uchun videoni qayta-qayta koʻrish kerak boʻlmaydi. Yoki yangiliklarning eng kerakli qismlarini bilib olishingiz mumkin. Bu funksiya Yandex brauzerida va 300.ya.ru saytida ishlaydi. Siz sinab ko‘rdingizmi? 🤩@mediasaboq — media muhitda xavfsiz va trendda yasha
Diterbitkan 18 Okt
❗️1000 ga yaqin OneID tizimi foydalanuvchilari ma'lumotlari tarqaldi, zudlik bilan parollaringizni yangilang — Infosec Telegram kanallarining birida 13-oktabr kuni joylangan jami 185 million ta foydalanuvchi ma’lumotlari tarkibida Yagona Identifikatsiya Tizimi – OneID platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarga tegishli 2000 ga yaqin login va parollar ham borligi aniqlandi. Masalan, suratdagi Aziz03'ning shaxsiy ma'lumotlari tarqalgan. Tarqalgan ma'lumotlar ichida sizniki ham bo‘lsa, o’z shaxsiy parollarini yangilang. O‘sha ma’lumotlar sizning barcha shaxsiy ma’lumotlaringizni ko’rish va o’zgartirish, shuningdek, tizimga biriktirilgan boshqa davlat tizimlariga ham sizning nomingizdan kirish imkoniyatini beradi. Buni qanday bilish mumkin? Login yoki parolingiz tarqalgan yoki yo’qligini @kiberxabarchi_bot orqali bilishingiz mumkin. Parolni qanday yangilash mumkin? Tizimga kirganingizdan so‘ng, mana bu havola orqali yangi parolni o‘rnatishingiz mumkin. Meni nomimdan kimdir kirganini bilsam bo‘ladimi? Ha, buning uchun tizimga kirib, mana bu havola orqali boshqa seanslar, ya'ni kirilgan qurilmalarni ko‘rishingiz mumkin. 🤩@mediasaboq — media muhitda xavfsiz yashang
Diterbitkan 3 Sep
1937-38-yillarda sovet propaganda mashinasi qanday ishlagan? Avtoritar, totalitar jamiyatlarda ruxsat etilgandek fikrlamaydigan kishilar qanday jazolanadi? Qay usullar bilan boshi kundagacha olib boriladi? “Mediasaboq” loyihasining yangi longridi shu haqda! Multimediaviy longrid: https://stain.shorthandstories.com/dog/index.html #maxsus_loyiha #mustaqillik_darslarida_foydalanish_uchun 🤩@mediasaboq — media muhitda xavfsiz va trendda yasha
Diterbitkan 24 Ogo
Onlayn so‘rovnomalarda qatnashib, hamma pullaringizdan ayrilishingiz mumkin Qanday qilib, deysizmi? 👉https://www.instagram.com/reel/CwS5_9uNcRv/ #ishon_ma #ergash_ma #tarqat_ma #bemediasmart Ogoh boʻl, media! @mediasaboq — media muhitda xavfsiz yashang